Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

"Inter"ga Erikson kerak emas

Milanning "Inter" jamoasi "Tottenhem"dan xarid qilingan Kristian Eriksonning o‘rnini boshqa bir futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, klub "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo De Paulni sotib olish maqsadida Eriksonni qishda transferga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq argentinalik futbolchi bilan Rossiyaning "Zenit" klubi ham qiziqib qolgan edi.

Pogba ketadi!

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi Pol Pogbani transferga qo‘yishga qaror qildi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, "qizil iblislar" yarim himoyachini 60 million yevro evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Pol bilan "Yuventus" va "Real" jamoalari shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Basler: "Alaba ketadi"

Myunhenning "Bavariya" jamoasi bilan shartnoma borasida kelisha olmayotgan David Alaba tez orada "Liverpul" futbolchiga aylanishi mumkin.

Bu haqida "Bavariya" jamoasi sobiq futbolchisi Mario Basler ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, "Bavariya" David talab qilayotgan katta summadagi shartnomani taklif etishga qodir emas. Shu bois, uni qishda "Liverpul"ga sotib yuborish ajoyib yechim.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, "mersisaydliklar" Alabani Virjilning o‘rnini egallash maqsadida sotib olish varianti haqida bosh qotirmoqda.

"Vest Hem" ishga kirishdi

Angliyaning "Vest Hem" jamoasi qishda "Real"da o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Luka Yovichni ijaraga olishi mumkin.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, ushbu futbolchini qo‘lga kiritishni shaxsan Devid Moyes istamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Real" klubi qishda o‘z hujumchisini boshqa jamoaga o‘tishiga qarshi emas va bu transfer amalga oshishi mumkin.

Vesinoga "ruxsat"!

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Matias Vesino faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Bu haqida "Le Gazzet Della Sport" nashri ma’lum qilmoqda. Unda yozilishicha, "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini o‘z rejalariga kiritmagan. Shu bois, u o‘zi uchun yangi jamoa izlashi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar urugvaylik futbolchini qishki transferlar chog‘ida boshqa jamoaga sotib yuborishni rejalashtirishmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:53, 06.11.2020.
O'qildi: 7612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик