Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Paxtakor" barcha jihatlar bo‘yicha Superligada yetakchi

"Paxtakor" barcha jihatlar bo‘yicha Superligada yetakchi

Baho:
+1 | -

Jamoamiz ushbu mavsumda turli statistik ko‘rsatkichlar borasida Superligada yaqqol yetakchi bo‘lib turibdi.

Jamoalar va futbolchilar harakatlarini tahlil qilib boruvchi "Instat" kompaniyasi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, "Paxtakor" Superligada hisoblangan 12 jihatning 8tasi bo‘yicha peshqadam. Bu esa "Sherlar" namoyish etayotgan o‘yin sifati ham boshqalardan ajralib turganini isbotlaydi.

Umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Paxtakor" 245, "Nasaf" 222 va "Bunyodkor" 212 ball to‘plagan. Beshlikka 210 ball bilan "Lokomotiv", 209 ochko bilan AGMK ham kirgan. O‘rtacha gol urish borasida "Paxtakor"ning ko‘rsatkichi bir o‘yinga 3,2tadan to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan biror jamoa ko‘rsatkichi o‘rtacha 2ta golga yetmagan. "Nasaf" 1,89ta, "Bunyodkor" 1,67ta to‘p kiritgan. Beshlikda AGMK (1,48 gol) va "Qo‘qon-1912" (1,47 gol) joylashgan.

Bir o‘yinda yaqqol golli imkoniyatlarni "Sherlar" har bellashuvda o‘rtacha 9tadan sodir etishmoqda. "Nasaf" va "Bunyodkor" 6tadan golli vaziyat yaratmoqda. "Lokomotiv" 5,7ta, AGMK esa 4,9ta imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Darvozaga aniq zarba berishda jamoamiz o‘rtacha 8tadan ko‘rsatkich qayd etgan. "Nasaf" 7ta, "Bunyodkor" 6ta, "Lokomotiv" 4,7ta va "So‘g‘diyona" 4,3tadan zarba bilan dastlabki besh o‘rinda turishibdi. Mavsum davomida "Paxtakor" raqiblari darvozasiga jami 389ta zarba bergan va ularning 176tasi darvozaga to‘g‘ri borgan. Aniq zarbalardan 71tasi golga aylangan.

Jamoamiz bir o‘yinda o‘rtacha 6tadan (jami 136ta) burchak zarbasini amalga oshirgan. Keyingi klublarda bu borada ko‘rsatkich shunday: "Nasaf" - 5,6ta, "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" 5,3tadan, "Metallurg"da 4,6ta.

"Paxtakor" futbolchilari bir o‘yinda 655 marta to‘pni bir-birlarga aniq yetkazib bermoqda. Aniqlik ko‘rsatkichi 88 foizga teng. "Bunyodkor"da 518 uzatma (86%), "Nasaf"da 425 (82%), AGMKda 410 (82%) va "Lokomotiv"da 405 uzatma (82%) mavjud. Eng yaqin ta’qibchi bilan o‘rtacha uzatmalar miqdoridagi farq 138tani tashkil etmoqda.

Hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirishda jamoamizning o‘rtacha ko‘rsatkichi 5,1tani tashkil qilgan. Ushbu jihat bo‘yicha "Bunyodkor" 3,6ta, "Lokomotiv" va "Nasaf" 3,4ta, "Metallurg" 3ta uzatma ko‘rsatkichiga ega.

Krosslarning o‘rtacha soni bo‘yicha ham jamoamiz peshqadam. Bir bahsga aniq 6ta shunday uzatma to‘g‘ri kelgan. Aniq ko‘rsatkich 31 foizdan iborat. AGMK 4,7ta, "Lokomotiv" 4,5ta, "Andijon" 4,4 va "Nasaf"da 4,2tadan krosslarni bir bellashuvda amalga oshirgan.

Raqibni aldab o‘tish va ortda qoldirish borasida bir o‘yindagi miqdor "Bunyodkor"da yaxshiroq, ammo foiz, ya’ni samaralilik borasida "Paxtakor" ustunlikka ega. "Paxtakor"da uchrashuvga o‘rtacha 18ta (67% muvaffaqiyatli), "Bunyodkor"da 20 (64%), "Nasaf" va "Navbahor"da 15 (57%) hamda "Andijon"da 15 (56%) ko‘rsatkich to‘g‘ri kelgan.

Umumiy kurashlarni yutishda "Andijon" (o‘rtacha 87tadan, 49%), himoyadagi kurashlarda ustun kelishda "Nasaf" (o‘rtacha 50tadan, 57%) va havodagi kurashlarni yutishda "So‘g‘diyona" (o‘rtacha 32tadan, 52%) eng yaxshi natijalarni qayd etishgan.

Manba: “Пахтакор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 12:29, 09.11.2020.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик