Kataloniyaning "Barselona" klubi jarohat olgan Ansu Fatining o‘rniga boshqa futbolchi topdi.
El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 18 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘rnini "Barselona-2" jamoasining 19 yoshli futbolchisi Konrad De La Fuente to‘ldiradigan bo‘ldi.
U jamoaning asosiy tarkibi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelmoqda, bosh murabbiyi Ronald Kuman esa uning rivojlanishidan qoniqmoqda.