Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Pro liga. «Dinamo» «Neftchi»ni mag‘lub etdi

Pro liga. «Dinamo» «Neftchi»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Pro liga 16-turi doirasida «Dinamo» Samarqandda azaliy raqibi «Neftchi»ni qabul qildi.

Sergey Lushchan jamoani tark etgach, shu kuni murabbiylar shtabidagi mahalliy mutaxassis Jasur Hamroyev qo‘l ostida maydonga tushdi.

Avvalgi o‘yin bilan taqqoslaganda asosiy tarkibda 7ta o‘zgarish bilan maydonga tushgan dinamochilar 53-daqiqada jamoa sardori Hakimxon A’lamxonovning bosh bilan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochishdi – 1:0.

68-daqiqaga kelib raqib futbolchilari Oybek Nurmatovning jarimadan yo‘llagan zarbasini qo‘l bilan qaytarib qolishdi. Belgilangan penaltini Suhrob Nurulloyev golga aylantirdi – 2:0.

Yakunda muhim g‘alabaga erishgan «Dinamo» jamoasi ochkolari sonini 25taga yetkazdi va Superliga uchun kurashga qaytdi. «Neftchi» esa 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Pro liga. 16-tur.
10 noyabr (seshanba)
«Dinamo» - «Neftchi» - 2:0
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Gollar: Hakimxon A’lamxonov 53, Suhrob Nurulloyev 68 pen..
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Komil Sharofutdinov (Bekzod Ahmadjonov, 85), Hakimxon A’lamxonov, Obid Jo‘raboyev, Avaz Agaliyev, Bobur Qosimov, Damir Temirov (Azim Mirzayev, 46), Suhrob Nurulloyev (Eldor Boymatov, 70), Shohrux Abdurahmonov, Oybek Nurmatov (Sharofiddin Shobirov, 85), Amirjon Safarov (Azamat Allaniyozov, 85)
«Neftchi»: Sherzodbek Abduraimov, Sirojiddin Allayev, Eldor Ergashev (Pavel Smolyachenko, 60), Islombek Karimov (Rustamjon Abduhamidov, 60), Islomjon Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov, Doston Avazbekov, Umar Adhamzoda, Shodiyor Xojimatov, Otabek Zokirov (Mansur Saidov, 70).

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:14, 10.11.2020.
O'qildi: 2823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик