Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Suriyaga yutqazdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Suriyaga yutqazdi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Dubay shahrida Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 11-daqiqasida himoyachimiz Hojiakbar Alijonov darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan raqib hujumchisini qo‘li bilan tortib qolgani uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa vakillarimiz maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi va Mahmud al-Mavas randevuga chiqib borib, Abduvohid Ne’matovni dog‘da qoldirdi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib hakam jamoalar o‘yinchilari sonini tenglashtirib qo‘ydi — Yusuf al-Hamviyga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Bahsning 58-daqiqasida esa Igor Golban raqibni yiqitgani uchun hakam darvozamizga penalti belgiladi. Mahmud al-Mavasning zarbasini esa Ne’matov ajoyib seyv bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugun Abramov jamoasining o‘yini qovushmadi. Suriyaliklar yaxshi himoyachlanishdi. Faqatgina o‘yin so‘nggiga kelib O‘zbekiston raqib darvozasi tomon bosim uyushtira oldi. Jamoamiz mag‘lubiyatdan qutulib qolishi ham mumkin edi, ammo to‘p 2 marta raqib darvozasi to‘siniga tegdi. Bir marta Hojimat Erkinov, ikkinchi vaziyatda Islom Qobilovning zarbasidan so‘ng.

Shu tariqa, terma jamoamiz Suriyaga imkoniyatni boy berdi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘ZBEKISTON - SURIYA - 0:1 (0:0)
Gol: Mahmud al-Mavas (47)
Noaniq penalti: Mahmud al-Mavas (59, darvozabon)
Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev (11), Oybek Bozorov (52), Islom Qobilov (65), Murod Xolmuhammedov (80)
Chetlatishlar: Hojiakbar Alijonov (11) — Yusuf al-Hamviy (50)
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Azizjon G‘aniyev,  8.Oybek Bozorov (Doston Hamdamov 60), 10.Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov 60), 18.Lutfulla To‘rayev (Sanjar Qodirqulov 83), 19.Bobir Abdixoliqov (Temurxo‘ja Abduxoliqov 76), 21.Igor Golban (Murod Xolmuhammedov 69), 22.Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov 69), 23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev.
Suriya: 01.Ibrohim Al-Meh, 03.Moyad Ajan (Xolid Kurdog‘li 67), 02.YUsuf al-Hamviy, 05.Umar Midaniy, 04.Faris Arnaut, 16.Daabul Mohir, 06.Kemal Hmeysha, 10.Mahmud al-Mavas, 12.Muhammad Usmon, 07.Ayas Usmon, 21.Alo ad-Daliy

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:05, 12.11.2020.
O'qildi: 6899 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик