AQSHlik futbolchi Konrad de la Fuente terma jamoasining Uels (0:0) bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinning 71-daqiqasida almashtirib yuborildi.
Bu 19 yoshli «Barselona B» jamoasi futbolchisining terma jamoadagi debyut o‘yini sanaladi.
Eng qizig‘i, de la Fuente hali "Barselona"ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmagan.