Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramos katta ehtimol bilan yozda «Real»ni tark etadi

Ramos katta ehtimol bilan yozda «Real»ni tark etadi

Baho:
+ | -

«Real» sardori Serxio Ramos joriy mavsum so‘ngida jamoani tark etishi mumkin.

"Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining "Qirollik klubi"ni tark etish ehtimoli 80 foizga teng.

2021 yilning yozida uning "Real" bilan shartnomasi yakuniga yetadi va "Santyago Bernabeu"ni erkin agent sifatida tark etadi. Chunki, tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti.

"Qaymoqranglilar" o‘yinchiga hozirgiga nisbatan 20 foiz kamroq maosh bilan ikki yillik taklif qilyapti. Futbolchi esa maoshining hozirgi miqdorda saqlanib qolgan holda 3 yillik shartnoma istamoqda.

Ispaniyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «PSJ» va «Yuventus» klublari kuzatib borishmoqda.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:11, 13.11.2020.
O'qildi: 3068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик