Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbekiston Coca Cola kubogi qur’asining formati aniq bo‘ldi

O‘zbekiston Coca Cola kubogi qur’asining formati aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ertaga — 14 noyabr kuni O‘zbekiston Coca Cola kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Qur’a “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga olib chiqiladi. Telekanal bilan kelishuvga ko‘ra, soat 17:00 dan boshlab O‘zPFL rahbari futbol muxlislari tomonidan beriladigan savollarga jonli efirda javob qaytaradi. Qur’a tashlash esa savol-javobdan keyin bo‘lib o‘tadi. 

O‘zPFL mag‘lub jamoa musobaqa bilan xayrlashadigan format masalasida klublar bilan kelishib olgandi. Shu tariqa qur’a qanday formatda o‘tishi masalasi ochiq qolgandi. Ya’ni, vaqt qisqa ekanidan kelib chiqib, shuningdek, klublar yo‘l chiptalari, mehmonxona masalalarini hal qilishlari lozimligi inobatga olinib, O‘zPFL birinchi variant sifatida finalgacha bo‘lgan ehtimoliy raqiblarni birgina qur’a yordamida aniqlash masalasini o‘rtaga tashladi (1-rasm).

Qo‘shimchasiga, har bir bosqich uchun alohida qur’a masalasi keltirib o‘tildi. O‘zPFL so‘nggi ikki mavsumdan buyon mana shu formatda kubok bellashuvlarini o‘tkazdi va bu tabiiyki, turnirga bo‘lgan qiziqishni ancha oshdi. Bunda chorak finalga yo‘l olgan jamoalar uchun alohida, shuningdek, yarim finalga yo‘l olgan klublar uchun yana alohida qur’a tashlab beriladi (2-rasm). 

16 klub orasidan “Qizilqum”, “Andijon”, “Paxtakor” va AGMK birinchi variantni afzal bildi. Biryo‘la 10 klub — “Nasaf”, “Qo‘qon-1912”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Navbahor”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Oqtepa” va “Sho‘rtan” ikkinchi variantni ma’qul ko‘rdi. “Mash’al” esa betaraf bo‘ldi.     

Shu tariqa O‘zPFL ikkinchi variantni tanlab oldi. Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston Coca Cola kubogining 1/8 final bosqichi 7-8 dekabr kunlari o‘tkaziladi. ¼ final uchrashuvlari 12 dekabrda, ½ final 16 dekabrda va final uchrashuvi 20 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bosqichda 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi, ularning iloji boricha ko‘prog‘ini translyasiya qilish imkoni bo‘lishidan kelib chiqib, uchrashuvlar ikki kunga belgilandi. Bunda geografiyasi nisbatan uzoqroq bo‘lgan jamoalar birinchi bo‘lib maydonga tushishi masalasi inobatga olinadi, boisi, ularda tiklanish uchun kamroq imkoniyat bo‘ladi. Shuningdek, “Sport” kanali bilan o‘zaro fikr almashilib, vodiy yoki voha jamoalarining iloji boricha bir kunda to‘p surmasligi masalasiga ham e’tibor qaratilishi mumkin.

Jamoalarda kelasi uchrashuvlarga tayyorlanish imkoniyati ko‘proq bo‘lishi uchun, O‘zPFL qur’a marosimini o‘yinlar yakuniga yetishi bilan tashkil qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:30, 13.11.2020.
O'qildi: 3230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик