Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2022 saralash. Urugvay, Braziliya va Chili 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi

JCH-2022 saralash. Urugvay, Braziliya va Chili 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Janubiy Amerikada JCH-2022 saralash bosqichining 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

Kolumbiya terma jamoasi o‘z uyida Urugvayni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Urugvayliklarning gollariga Kavani, Suares va Nunyes mualliflik qilishdi.

Chili o‘z uyida Peruni qabul qilib, saralash bosqichi doirasidagi ilk g‘alabasiga erishdi.

Braziliya terma jamoasi Venesuelaga qarshi bahsda kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol Roberto Firmino hisobiga yozildi. "Pentakampeonlar" 3ta o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.

JCH-2022 saralash, KONMEBOL, 3-tur
Kolumbiya – Urugvay 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 5 Kavani, 0:2 – 54, penalti Suares, 0:3 – 73 Nunyes.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Murilyo, Barrios (Dias, 32), Kuadrado, Lerma, Uribe (Kardona, 65), Xames, Muriel (Morelos, 60), Sapata.
Urugvay – Kampanya, Ximenes, Vinya, Kaseres, Godin, Torreyra, de la Krus (Nunyes, 46), Nandes, Bentankur (Neves, 90), Suares (Rodriges, 70), Kavani (Arambarri, 78).
Ogohlantirishlar: Mina (20), Nandes (49), Dias (72), Lerma (74), Kardona (76).
Chetlatish: Mina (90).
 
Chili – Peru 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 20 Vidal, 2:0 – 35 Vidal.
Chili – Bravo, Isla (Kastro, 84), Bosejur, Maripan, Dias, Pinares (Echeverriya, 70), Pulgar (Baesa, 71), Vidal, Orelyana (Andiya, 76), Mora (Sanches, 84), Meneses.
Peru – Galyese, Trauko (Gonsales, 76), Advinkula, Abram, Arauxo, Tapiya (Polo, 77), Akino (Kueva, 39), Flores (Lopes, 60), Yotun, Karrilyo, Ruidias (Lapadula, 60).
Ogohlantirishlar: Bosejur (41), Tapiya (58), Gonsales (79), Echeverriya (87).
 
Braziliya – Venesuela 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67 Firmino.
Braziliya – Ederson, Danilo, Markinyos, Tiago Silva, Lodi (Telles, 90), Everton Ribeyro, Duglas Luis (Lukas Paketa, 46), Allan, Gabriel Jezus (Everton, 76), Firmino, Risharlison (Pedro, 76).
Venesuela – Farinyes, Rosales (Gonsales, 65), Anxel, Osorio, Felcher (del Pino Mago, 18), Soteldo (Otero, 65), Rinkon, Kasseres, Moreno, Machis (Savarino, 79), Rondon.
Ogohlantirishlar: Kasseres (20), Duglas Luis (30), Machis (76), Rinkon (81).

Jamoa O‘  YuD  Mag‘-tT-NOchko
1 Braziliya 3 3 0 0 10-2 9
2 Argentina 3 2 1 0 4-2 7
3 Urugvay 3 2 0 1 7-5 6
4 Ekvador 3 2 0 1 7-5 6
5 Paragvay 3 1 2 0 4-3 5
6 Chili 3 1 1 1 5-4 4
7 Kolumbiya 3 1 1 1 5-5 4
8 Peru 3 0 1 2 4-8 1
9 Venesuela 3 0 0 3 0-5 0
10 Boliviya 3 0 0 3 3-10 0
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:13, 14.11.2020.
O'qildi: 3406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик