Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kroos nega Obameyangga qarshi chiqdi? UYEFA va FIFAni nega tanqid qildi?

Kroos nega Obameyangga qarshi chiqdi? UYEFA va FIFAni nega tanqid qildi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Toni Kroosning biz bilmagan yangi qirralarini oshkor qiladi.

Toni Kroos – bir maqolga juda mos tushadigan inson. «Tinch oquvchi suvning tagida katta oqim mavjud.» Aynan shu o‘xshatish Toniga tegishli desak,adashmagan bo‘lamiz. U ko‘pincha o‘z qarorlarini izohsiz qoldirar, sukut saqlashni afzal ko‘rar edi.

Barcha uni o‘z fikrini bildirish borasida muammosi bor deb o‘ylar edi, biroq aslida hammasi boshqacha ekan. Qahramonimiz o‘z ukasi Feliks Kroos bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda yangi «Enfild Mall Lupen» ko‘rsatuviga asos so‘ldi. Ushbu padkas Kroosning qay darajada so‘zga boy ekanligini va uning o‘z qarashlari borligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Ko‘rsatuvning syujeti juda oddiy. Kroos oila a’zolari atrofida futboldagi qiziqarli voqealarni, jamoadoshlari bilan bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib beradi va bu to‘liq yozib olinadi. Ushbu ko‘rsatuv tezda ommalashib ketdi. Qahramonimiz avvaliga jamoadoshlari «Barselona»ning 2:8 natijasidagi mag‘lubiyatiga qanday reaksiya bildirganini ma’lum qilgan bo‘lsa, keyingi ko‘rsatuvda FIFA va UYEFAni yaxshigina tanqid qildi.

“Afsuski, futbolchilar hech narsani hal etishmaydi. Biz shunchaki, FIFA va UYEFA ning qo‘lidan qo‘g‘irchoqlarimiz xolos. Agar futbolchilarning huquqini himoya qiladigan jamiyat bo‘lganida, biz millatlar ligasida to‘p surmagan bo‘lar edik. Saudiya Arabistonida super kubog bahslari ham bo‘lmas edi. Bu musobaqalar ko‘proq pul ishlab olish maqsadida uyushtiriladi. Afsuski, bu futbolchilarning jismoniy imkoniyatlariga putur yetkazadi.

Men hammasi o‘z holida qolishi tarafdoriman. Faqat pul topish haqida bosh qotirmaslik lozim. Agar Yevropa Ligasida barcha jamoalar yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganida, sport nuqtai nazaridan hammasi joyida edi. Barcha ikkinchi o‘ringa qo‘yuvchi musobaqaning o‘yinlari futbolchilarga ortiqcha yuk xolos. Barchasi turli reklama kompaniyalaridan tushadigan daromadga borib taqalmoqda.”

Toni Kroosning so‘zlari biroz g‘alati bo‘lishi mumkin, biroq bunda haqiqat mavjud. Gap shundaki, Kroos o‘z haqiqatlariga ega va aynan shu haqiqatga suyanib hayot kechiruvchi shaxs sanaladi. So‘zimizga uning butsalarga bo‘lgan munosabati bilan isbotlab bermoqchimiz. Siz hech qachon Kroosni qizil, yashil yoki qora rangdagi butsalarda ko‘rmaysiz. Gap shundaki, u 7 yildan beri Adidas 11 pro  butsalaridan foydalanib kelmoqda. Aynan shu butsalarda u JCHda g‘alaba qozongan edi. Keyin «Real Madrid»ga o‘tadi. Keyin ketma-ket YECHLda zafar quchdi, biroq butsalarini o‘zgartirgani yo‘q. Unga bir necha bor ADIDAS kompaniyasi yangi nusxadagi butsalarni taklif qilgan bo‘lsada, Kroos o‘zi uchun omad keltirgan butsalardan voz kechgani yo‘q.

Kompaniya bu butsalarni sotuvdan olgan bo‘lsada, Kroos nemislarni ushbu markani qayta sotuvga qo‘yishga ko‘ndirdi. ADIDAS futbolchining talabiga binoan ushbu butsani hozir ham kam sonda ishlab chiqarmoqda. Marca nashri Kroosning butsalari borasidagi qiziq faktni keltirib o‘tadi.

“ADIDAS Toni Kroosni ayyorona uslubda boshqa modelga o‘tkazish borasida tadbir amalga oshiradi. Kompaniya Kroos istagan modelning ko‘k rangdagi butsalarini jo‘natadi. Futbolchi esa, bundan g‘azablanadi va uni kiyib ko‘rishni ham istamaydi. Kroos biror marotaba ham kiyib ko‘rmagan butsalarni esa, «Real Madrid» jamoasi muzeyiga joylashtirishadi.

Kroos Grizman va Obameyangga tosh otdi

Balki, Toni 50 yil keyin tug‘ilgandir. Sababi, uning kamtarligi zamonaviy futbolda deyarli qadrlanmayapti. Uning so‘zlarida ko‘plab futbolchilardan e’tiroz hosil qilgan bo‘lsada, yaxshigina shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. U Ayrim futbolchilarning golni shou singari nishonlashini keskin tanqid qiladi.

“Gol kiritgandan so‘ng, maydonda tomosha ko‘rsatishdan nima naf? Qandaydir raqslar, saltolar tashqaridan juda xunuk ko‘rinadi. Ayniqsa, o‘zgacha niqoblarni gedraning tagiga berkitib maydonga tushishdan ahmoqona narsa yo‘q. Siz gol kiritgunga qadar o‘sha niqob bilan to‘p tepasiz va uni yuzingizga qo‘yasiz. Sen Obameyang va Kroos «Betmen» va «Roben»ning niqobini taqqan vaziyatni eslaysanmi? Bu menimcha bachkanalik. Bu yosh avlod uchun yaxshi o‘rnak emas. Grizmanning g‘alati raqslari ham juda bachkana. Menga birinchi navbatda Gerd Myullerning golni nishonlashi manzur keladi. U gol kiritadi, o‘rnidan turadi qo‘llarini tibbiy ravishda baland ko‘taradi va ortga yugurib ketadi. Mana buni haqiqiy quvonch desa bo‘ladi. Bu sun’iy shoudan yaxshiroq!”

Ushbu so‘zlar omma yuzini ko‘rgach, darrov Obameyang o‘z reaksiyasini bildirdi. U o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida nemis futbolchiga javob yo‘lladi.

«Bu Toni Kroosning farzandlar bormi? Eslatib o‘tmoqchiman, men niqobni o‘z o‘g‘limni xursand qilish maqsadida taqaman. Men bu ishni yana takrorlayman. Senda ham qachonlardir farzand bo‘lishiga tilakdoshman.»

Ushbu tvitga darrov Kroos qisqa, biroq juda ma’noli javob qaytardi.

«Bu Kroosning 3 ta farzandi bor»

Obameyang esa, hazil aralash yana hujum uyushtirdi. Bu safar u Kroosning farzandlari bor ekanligini bilan tabrikladi va o‘z pozisiyasida mahkam qolishini ma’lum qildi.

“Toni Kroosni uchta farzandi bor ekanligini bilan tabriklaymiz. Hurmat vaa ehtirom bilan Betmen va Robin!

Bu so‘z o‘yinlarida hujumga o‘tish Kroosning navbati. Toni o‘zining padkastlari orqali bir necha bor murabbiy bo‘lmoqchi emasligini aytib o‘tdi. Shunday bo‘lsada, uning ijodi ko‘plab telekanallarning e’tiborini tortgani bor gap. Shu bois, yaqin kelajakda uni biror bir sport kanalida ekspert sifatida ko‘rib qolishimiz mumkin. Hozircha, u va Feliks tomonidan suratga olinayotgan videolar trendda! Voqealar rivojini esa, bizda tomosha qiling.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:44, 14.11.2020.
O'qildi: 6221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.