Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Hashamatli uylar, samolyot, vertolyot va mashinalar. Neymar millionlarini nimalarga sarflaydi?

Hashamatli uylar, samolyot, vertolyot va mashinalar. Neymar millionlarini nimalarga sarflaydi?

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda Neymarning ishlari unchalik ham yaxshi ketmayapti. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunga qaysidir ma’noda koronavirus pandemiyasi ham o‘z «hissa»sini qo‘shdi. To‘g‘ri, u PSJ bilan Chempionlar Ligasi finaligacha yetib bordi, biroq ma’lumki, mazkur musobaqada bosh sovrin qo‘lga kiritilmas ekan, muvaffaqiyat qozonilgan hisoblanmaydi. Jamoa yana har doimgidek Fransiya chempionligi bilan cheklandi. Buning ustiga Parijga kelganidan beri Neymarni jarohatlar tinch qo‘ymayapti. Tabiiyki, shaxsiy sovrinlar va yirik g‘alabalarni ko‘zlab, «Barselona»ni tark etgan braziliyalikka bular yoqmayapti.

Shunga qaramay, u hozircha Parijdan ketmoqchi emas va shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu holatda Neymarni tushunish mumkin, boisi uning yoshi 30 ga yaqinlashib qoldi. Bu yoshda esa issiq joyni tark etib, yangi jamoa va chempionatga moslashish jarayoni biroz murakkabroq kechadi. Bundan tashqari, yana bir jihat borki, bu Neymarning Parijda qolishiga boshqalariga qaraganda ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. Ha, barchasi oddiy, bu uning oylik maoshi. Neymar PSJda yiliga 32 million yevro oladi. Quyida esa biz Neymarning ushbu (va boshqa mablag‘larini ham) mablag‘larni ko‘proq nimalarga sarflashiga imkon qadar aniqlik kiritishga harakat qilamiz.

Neymarning uylari

Braziliyadagi uy, uning narxi 8 million yevroni tashkil qiladi



Neymarning ilk hashamatli uyi vatanida Rio-de-Janeyroda sotib olingan. Uy zamonaviy, texnologik uslubda yaratilgan bo‘lib, unda tennis korti, vertolyot platformasi, basseyn va sport zali mavjud.

Barselonadagi uy, 5 million yevro



Neymar Ispaniyada Messi va «Atletiko»ga o‘tib ketgan Suaresning mulklari yaqinida uy sotib olgandi. Bu yerlar Barselonaning g‘arbiy qismidagi eng obro‘li hududlar hisoblanadi. Uyning maydoni 1000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Uyda ulkan basseyndan tortib to garajgacha barchasi muhayyo. Biroq Neymar uni PSJga o‘tganidan ma’lum vaqt o‘tib sotib yuborgan.

Parijdagi uy, 12 million yevro



PSJ uni rekord darajadagi summaga sotib olganidan keyin Neymar Parij atrofidan «qasr» sotib oldi. Uyning joylashgan umumiy hududi 5000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino besh qavatli bo‘lib, unda basseyn, dam olish maskani, sport zali va sauna mavjud.

Neymarning shaxsiy samolyoti



Embraer Legacy 450, uning taxminiy qiymati 17,5 million yevroni tashkil qiladi

Ushbu samolyot biznes-klassdagi eng tezkor va eng qulay samolyotlardan biri hisoblanadi. Uning xususiyati infraqizil kamera bilan jihozlangan takomillashtirilgan parvozlarni vizuallashtirish tizimidir.



Neymarning shaxsiy vertolyoti

Airbus H-145, uning taxminiy qiymati 13 million yevroga teng

Mazkur vertolyotdan Neymar tez-tez foydalanib turadi. Uning uzunligi 13,64 metr, balandligi esa 3,95 metrni tashkil qiladi. Vertolyot Mercedes-Benz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Neymarning mashinalari

Garajning taxminiy qiymati 2-3 million yevroni tashkil qiladi.



Neymar mashinalar borasida songa emas, balki sifatga ko‘proq e’tibor qaratadi. Uning garajida bir vaqtning o‘zida uchta Audi modeli, Ferrari 458 Spider, Maserati MC, Porsche Panamera Turbo, Volkswagen Tourage va Mercedes-AMG GT’ni ko‘rish mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:32, 16.11.2020.
O'qildi: 5821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик