Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: «Oltin to‘p»ni dunyoning eng yaxshi 3-4 futbolchisidan biri olishi kerak, ular «Real»da»

Mourinyo: «Oltin to‘p»ni dunyoning eng yaxshi 3-4 futbolchisidan biri olishi kerak, ular «Real»da»

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasida mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritishga munosib bir nechta futbolchi bor, deb hisoblaydi.

«Oltin to‘p» faoliyatini yakunlaganida biz sog‘inadigan futbolchilardan biriga berilishi kerak: Maradona, Krishtianu, Messi, Ronaldo, Zidan. «Oltin to‘p»ni futbolchiga faqat Chempionlar ligasi yoki jahon chempionatida g‘olib bo‘lgani uchun berish mumkin emas. Agar mukofotni faqat Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun kimgadir berish kerak bo‘lsa, unda uni Luis Enrikega bering.

Yo‘q, mukofot dunyoning eng yaxshi futbolchisiga berilishi kerak. U ispaniyalik yoki «PSJ» futbolchisi bo‘lishi shart emas. «Oltin to‘p»ni dunyoning eng yaxshi 3-4 futbolchisidan biri olishi kerak, ular shu yerda, «Real»da. Ammo «Oltin to‘p»ga siyosat aralashadi, men esa siyosatga aralashishni yoqtirmayman», — deya Mourinyoning so‘zlarini Marca keltirmoqda.

Kiritildi: 15:41, 29.08.2026.
O'qildi: 3288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик