Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«La Liga» prezidenti: «Super ligani kayfi oshib qolganlar o‘ylab topgan»

«La Liga» prezidenti: «Super ligani kayfi oshib qolganlar o‘ylab topgan»

Baho:
+ | -

Stadion.uz «La Liga» prezidentining tashkil etilishi mumkin bo‘lgan «Super Liga» musobaqasiga qay darajada qarshi ekanligi bilan tanishtirib o‘tadi.

Oktyabr oyida taniqli nashrlar tomonidan Yevropaning grand klublari o‘zaro  yangi musobaqa tashkil etmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, «Liverpul», «Real Madrid» va «Manchester Yunayted» jamoalari bu proyektga rozi bo‘lgan va unga qo‘shilishga tayyor. Hatto, FIFA ularning g‘oyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.

UYEFA esa, yangi musobaqaga to‘liq qarshi chiqmoqda. Sababi, yangi musobaqa Yevropa Chempionlar Ligasining inqiroziga sabab bo‘ladi. Garri Nevell esa, «super liga» kuchsizroq klublarning to‘liq bankrot bo‘lishiga olib kelishini bir necha bor ta’kidladi. Gap shundaki, deyarli barcha homiylar grandlar bilan ishlashga o‘tib olsa, sayyoramizdagi juda ko‘p klublar moliyaviy muammolar o‘chog‘iga tushib qolishi aniq.

Shunday bo‘lsada, bu g‘oyaga hammadan ham ko‘proq qarshi chiqayotgan inson mavjud. U ham bo‘lsa, Ispaniya «La Ligasi» prezidenti – Xavyer Tebas! Qahramonimiz o‘zining o‘tkir so‘zlari bilan yangi musobaqaga qarshi chiqishda davom etmoqda.

«Super Liga? Uning nima ekanligini qisqacha tushuntirib beraman. Bu tonggi soat 5 ga qadar barda ichib mast bo‘lgan insonlar tomonidan yaratilgan g‘oya. Super Ligani faqat tongga qadar ichkilik ichganlargina oqlashi mumkin. Bu musobaqa milliy chempionat va Yevropa Chempionlar Ligasidagi barham berishi mumkin. »

Aslida, yangi tashkil etilishi mumkin bo‘lgan musobaqaga qarshi chiqqanlar juda ko‘p. Bir qarashda g‘oya chakki emas, ammo unutmaslik lozim. «Bavariya» va «Real» singari jamoalar aynan ichki birinchilikdagi g‘alabalari bilan buyuk klubga aylanishgan. Tasavvur qiling, musobaqaning 10 va 11 o‘rindagi klublari to‘qnashuvi sodir bo‘lmoqda. Maydonda «Real» «Yunayted»ga qarshi. Bu juda ham noo‘rin o‘xshatish bo‘ldi, ammo bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqeaning bir ko‘rinishi xolos. Bu musobaqa insonlarning futbol haqidagi barcha fikrlarini to‘zitib yuboradi.”

Avvaliga Xavyer Tebas «Real» uchun jonkuydirayotganini bir necha bor ta’kidladi. Sababi, uning Madrid klubi muxlisi ekanligida bo‘lsa, ajab emas. Hatto o‘zi ham bir necha bor buni rasman e’lon qilgan. Bundan ikki yil avval Tebas «Real»siz Ispaniya chempionatini tasavvur qilib bo‘lmasligi haqida aytgan edi. Endi esa, uning so‘zlaridagi ton ancha o‘zgardi.

2019 yilning dekabr oyida “The New York Times” nashri super liga haqida kattagina maqola e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yevropaning grand jamoalari prezidentlariga yangi musobaqa tashkil etish fikrini Florentina Peres bergani ma’lum qilingan. Peres va uning tarafdorlari o‘z g‘oyalarini FIFA rahbari Janni Infantinoga namoyish etishgan va Infantino buni ma’qullagan. Aynan shu voqeadan so‘ng, Tebasning fikrlari ancha keskinlashishni boshladi.

“Bizning Florentina bilan futbolga bo‘lgan qarashlarimiz turlicha. Ayniqsa, «La Liga» borasida fikrlarimiz umuman o‘zgacha. Men Ispan klublari uchun «La Liga» eng muhim musobaqa bo‘lishi tarafdoriman. U uchun esa, super va xalqaro liga barchasidan muhimroq. Florentina shu yo‘sinda, deyarli erkin hokimiyat talab qilmoqda. Biz u bilan bu borada gaplashib oldik. Hozircha, hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Hali-hamon ikki xil fikrdamiz.”

Qahramonimiz «La Liga»ning o‘z reytingi bor ekanligini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, «Real»ning «Dinamo Kiyev»ga qarshi o‘yinidan so‘ng aytgan so‘zlari ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi desak, adashmagan bo‘lamiz.

“Madrid klubining Kiyevning «Dinamo»siga qarshi uchrashuvini Ispaniyada 50 ming muxlis tomosha qildi. Bu bizning segunda o‘yinlari uchun odatiy xolat. Agar maydonda «Barselona» va «Eybar» to‘qnash kelsa, uni butun Ispaniya bo‘ylab 1 million inson tomosha qiladi. Mana farq nimada”

2020 yilning oktyabr oyida Tebas yana shu mavzuga qaytdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, barchasining ortida birgina inson turibdi. U ham bo‘lsa….

 “Ular o‘z kuchiga ishonishmoqda. O‘z g‘oyalariga bo‘lgan ishonch juda yuqori ekan, biz vaziyatni tomosha qilishga majburmiz. Buning ortida «Real» rahbari nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatsin. Afsuski, bu ular xayol qilganidek oson narsa emas.”

Kataloniya klubini tark etgan Xosep Bartameu yangi formatdagi musobaqa haqida ilmoqli gap tashlab ketgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Aynan shu so‘zlardan so‘ng, Tebas yana katta sahnaga chiqdi va yana «Real Madrid» orqali o‘z nutqini e’lon qildi.

“Avvalari, «Barselona»ning «La Liga», UYEFA va FIFAning faoliyatiga o‘z qarashi mavjud edi. Afsuski, so‘nggi 3 yil davomida klub «Real»ning qiliqlarini takrorlamoqda.”

Qahramonimiz shu qadar super ligani tanqid qilishga berilib ketdiki, hatto o‘zga sayyoraliklar ham chetda qolib ketmadi.

«Super ligani so‘zsiz sayyoralar aro chempionat deb atashimiz mumkin. Gap shundaki, agar klublarda pul bo‘lsa, Marsliklar ham kelib turnirda ishtirok etishi mumkin. Bunga ishonish mushkul. Yevropaning grandlari bir joyga jam bo‘lishi, ularning o‘zaro o‘yinlari va YCHLning tugatilishiga ishonish ham shu qadar mushkul vazifa.»

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:27, 17.11.2020.
O'qildi: 4136 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.