Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

"U har bir uchrashuvda rekordlar bilan birga yuradi" - yengilmas Kuki faoliyati

"U har bir uchrashuvda rekordlar bilan birga yuradi" - yengilmas Kuki faoliyati

Baho:
+ | -

Ayni paytda jahon futbolidagi eng ko‘p tilga olinayotgan mavzulardan biri bu Ramosning taxminiy transfer manzillari bo‘lib turibdi. Kelajakda nima bo‘lgan taqdirda ham Serxio qayerga bormasin, uning o‘z jamoasidan ajralmas liderga aylanishiga ko‘zimiz yetadi. Chunki, bu xususiyatni unga bolaligidan uqtirib kelishgan. Stadion.uz esa yengilmas Kuki haqidagi ayrim jihatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Qizizqarli faktlar va statistikalar

- Ramos hozirgi o‘ynab kelayotgan pozisiyasi bilan ko‘pchilikka tanish va uni hamma aynan markaziy zonadagi muhim «devor» sifatida ko‘rib o‘rganib qolgan. Lekin, «qizil furiya»ning o‘yiniga befarq bo‘lmagan yoshi kattaroq muxlislar ham bilishsalar kerak, Serxio aslida bu ampulada faoliyatini boshlamagan. Murabbiylar uni dastlab o‘ng qanot himoyasida sinab ko‘rishga odatlanishgan. Shuningdek, klubdagi ba’zi o‘yinlari orqali ham biz bu xolatni ko‘rishimiz mumkin. Bu eksperiment juda ko‘p o‘yinlarda o‘zini oqlagach, katta-katta mundiallarda ham sekin-astalik bilan Ramos jamoaga shu taxlit singishib ketdi. Futbolchining asosiy goleadorlik xususiyati ham balki aynan qanotda o‘ynab yurgan kezlari shakllangan bulsa ajab emas. Yevro-2008 va JCH-2010 lardagi muvaffaqiyatlardan so‘ng Ispaniya tarkibida kichik tempda bo‘lsa ham avlodlar almashinuvi boshlanadi. Asosiy markaziy himoyachilar Rikardo Karvalyo xamda Karles Puyollarning tez-tez olgan jarohatlari sabab murabbiylar shtabi markaziy zonada endi Ramosni sinab ko‘ra boshlashadi. Qarashsa, natija ham yomon emas. Va biz bilgan Ramos taxminan mana shu davrlardan beri o‘zini ko‘rsatishdan to‘xmayapti.

- Ramosning terma jamoalar miqyosidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazish xususiyatiga ham to‘xtalib o‘tdik. Tabiiyki, buncha uchrashuvlar ichida u eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchi hamdir. Serxio 177 bahsning jami 128 tasini maydondan g‘olib tarzda yakunlagan. Shuningdek, u himoyachilar orasidagi eng kuchli to‘purarlardan ham hisoblanadi. San-Marinoga qarshi bahsda dubl yo‘llagan ispaniyalik bu bilan terma jamoadagi gollari sonini 23 taga yetkazib olgan holda argentinalik Daniel Passarellaning rekordini yangiladi.

- Ramos Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi debyut uchrashuvini 18 yoshida 2005 yilda Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Keyinchalik esa 100 lik dovonni bosib o‘tgan eng yosh o‘yinchiga ham aylanib oldi. U ushbu natjani qayd etgan payti bor yo‘g‘i 26 yoshda edi xolos.

- Shuningdek, Serxio Ramos penaltini panenka uslubida qoyilmaqom tarzda ijro etuvchi kam sonli futbolchilardan biri. Lekin boshida unga bu borada keskin tanqidlar bildirilganligini xam takidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, 2012 yilgi Chempionlar ligasi yarim yarim finalining muhim pallasida «Bavariya» darvozasi tomon yo‘llagan noaniq zarbasi orqali u ko‘p sonli xeyterlarning bosh mavzusiga aylanib qolgan edi. Biroq, shundan bir necha oy o‘tib, o‘zining avvalgi ijobiy formasiga tezda qaytib olgan. Biz uni 11 metrlik nuqta yonida ko‘rgan paytlarimiz asosan terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlarga to‘g‘ri keladi. Lekin «Real Madrid» tarkibidagi asosiy yulduz jamoani tark etgach, u endi o‘z klubida ham bundayin jiddiy mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmoqda. Ramos penaltilarning ketma-ketlikdagi aniq ijrosi bo‘yicha xam yomon ko‘rsatkichga ega emas - 25. Agar yaqinda bo‘lib o‘tgan Shvesariyaga qarshi bahsdagi belgilangan ikkita penaltini ham golga aylantira olganida u bu borada Ronalduning rekordini yangilagan bo‘lar edi.

 

Tengsiz tiki-takaning paydo bo‘lishi

Yevropa va keyinchalik butun dunyo bo‘ylab mashhur va ommabop bo‘lgan tiki-taka uslubini olib kirgan ispanlar shundan keyin uzoq muddat davomida jahon futbolida o‘z gegemonliklarini o‘rnatib turishdi. Ispaniya uchun o‘ta sermahsul va muvaffaqiyatli yakunlangan ketma-ket 3 ta yirik mundial bevosita terma jamoaning oltin erasi yetishib chiqayotganligini bildirar edi. Serxio Ramos esa shubhasiz, bu eradagi eng muhim figuralardan biri hisoblangan. Shuningdek, jahon futboli uchun yangi brend hisoblangan tiki-takaning joriy etilishida ham Ramosning xizmatlari katta. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, «qizil furiya» ushbu qolipga o‘zi bilmagan holda va majburlik nuqtayi nazaridan tushib qolgan desak ham xato bo‘lmaydi. Chunki asrimiz avvalidagi Ispaniya qurayotgan o‘yin hozirgi ko‘rinishdagisidan mutlaqo farq qilar edi. Bu yerda gap faqatgina tarkiblar xususida ham borayotgani yo‘q aslida. Chunki aksincha holatda, o‘sha paytdagi «Galaktikos»ning ayrim a’zolari xususan, o‘sha mashhur Raulning terma jamoadan iste’fo olishi bir tomondan kelgusi zafarlar oldidan ancha-muncha foyda ham keltirgan. Ular «Real» tarkibida qanchalik goleadorlik xususiyatlarini ko‘rsatishmasin, lekin qizil forma kiyib oganlaridan so‘ng biz ularni umuman tanimay qolar edik. Shu tariqa, o‘rtamiyona darajada deb hisoblangan o‘sha paytdagi Ispaniyaning Yevro-2008 ga chiqa olishi ham aslida katta muammo bo‘lib turgandi. Saralash bosqichining so‘nggi raundlarida ularga to‘qnash kelgan Daniya agar mag‘lubiyatga uchratilmasa terma jamoa qit’a chempionatiga yo‘llanmani taqdim etuvchi muxim chiptalardan quruq qolib ketishi xam hech gap emas edi. O‘sha paytdagi Ispaniyaning bosh murabbiyi Luis Aragones zimmasiga esa juda katta mas’uliyat yuklatilgani holda undan jamoasini qanday qilib bo‘lmasin yaqinlashib kelayetgan mundialga olib chiqish talab etilardi. Uchrashuv esa murabbiylar baxtiga kutilganidek natija bilan yakun topdi. Nisbatan o‘sha o‘yindan boshlab tiki-takaning ayrim elementlari shakllana boshlagan deya qaraladi. O‘zaro tez-tez uzatilgan passlarning ijrosida hozirgi «Betis» a’zosi Xoakin va Ramoslarning hissalari katta edi. Uchrashuv statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 90 daqiqa davomida ispanlar maydonning ikkinchi qismida naq 27 marotaba o‘zaro passlar devorini hosil qilishgan. To‘g‘ri, bu hozirgi davr tezkor futboli uchun arzimagan ko‘rsatkichdir, lekin bu yangi bosqichdagi futbol ostanasiga kirib borayotgan jamoalar uchun katta voqelik hisoblanar edi. O‘yin yakunigacha har 75 soniyalik oraliq davomida to‘p nazoratini o‘zlarida ushlab tura olgan Aragones shogirdlari amalda ham raqiblari ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani ta’minlay olishdi. Bahs davomida Ramos o‘z liderlik salohiyatini ko‘rsata olgan va bitta golga mualliflik xam qilgan. Uslub esa shundan keyin endi ko‘pchilikni hayratga sola boshladi.

Eng katta yutuq

Ramosning milliy terma jamoa va klubdagi titullari havas qilarli darajada. Bir tomondan, jahonning grand jamoalaridan birida to‘p tepayotganligi va Ispaniyaning o‘zi bilan bir vaqtda shakllanib borgan mukammal avlodining o‘zaro mutanosiblik kasb etganligi ham uning omadi. Serxio 34 yillik faoliyati davomida 22 ta katta-kichik sovrinlarni yutishga erishgan. Lekin ularning ichidagi eng mashhuri bu baribir o‘zi va mamlakati uchun yagona hisoblangan yuqori qiymatga ega Jahon kubogi bo‘lsa kerak. Chunki o‘sha turnirda Ramos har jihatdan o‘zini ko‘rsata olgan. Futbolchilarning individual balanslarini ko‘rsatib beruvchi «Sup Castrol Index» texnologiyasi tomonidan u musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Shuningdek, himoyachi bo‘lishiga qaramay u butun turnir davomida eng ko‘p 31 ta dribbling ishlatishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zi umuman o‘tkazilgan har bir uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi raqiblariga nisbatan o‘ta intizomli futbol namoyish etgan. Ramos boshliq himoya qo‘rg‘oni butun musobaqa davomida atigi 2 martagina o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan xolos. Bunda albatta, asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan Iker Kasilyas nomini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Kuki uchun 2010 yilgi Jahon chempionati natija nuqtayi nazaridan faoliyatidagi eng esda qolarli mundiallardan biri hisoblanadi.

«Qizil furiya»ni turli davrlarda boshqargan murabbiylarning Ramos haqida aytgan fikrlari

«Serxioning iste’dodini ortiqcha ifodalashning keragi yo‘q. U har bir uchrashuvda raqamlar va rekordlar bilan birga tilga olinadi» (Luis Enrike)

«Ramosda juda kamdan kam himoyachilarda uchraydigan xususiyat - golga bo‘lgan xarizma mavjud. U qayerda bo‘lishidan qat’i nazar haqiqiy lider» (Visente del Boske)

«U futbol tarixidagi katta o‘yichilardan biri. Sen kapitan bo‘lishing mumkin, lekin buni natijaga singdira olmasang barchasi behuda degani. Men Serxioda bundayin kamchiliklarni shaxsan kuzatmaganman» (Xulen Lopetegi)

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:59, 18.11.2020.
O'qildi: 4554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.