Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dilyaver Vaniyev: «Bizning bugungi o‘yin uchun rejalarimiz boshqacha edi»

Dilyaver Vaniyev: «Bizning bugungi o‘yin uchun rejalarimiz boshqacha edi»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 23-tur doirasidagi “Andijon” va “Mash’al” ishtirokidagi bellashuvdan so‘ng mehmonlar murabbiyi Dilyaver Vaniyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

"Bugun qiyin ob-havo sharoitidagi qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Bunday qorli maydonda o‘ylagan rejalarni amalga oshirish og‘ir. Nima ham deyishim mumkin? Bu maydonda ikkala jamoa ham o‘ynadi. Shunga qaramasdan, yigitlarimiz qiyin sharoitda bo‘lsa-da, oxirigacha kurashishga harakat qildi.

Albatta, bizning bugungi o‘yin uchun rejalarimiz boshqacha edi. Ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli hammasi o‘zgarib ketdi. Afsuski, oxirgi daqiqalarda himoyada yo‘l qo‘ygan xatoimiz qimmatga tushdi.

Klubning moliyaviy holati haqida men javob bermayman. Mening ishim jamoani shug‘ullantirish va o‘yinga tayyorlash. Biz qo‘ldan kelganicha ushbu bahsga tayyorgarlik ko‘rdik.

Sardor Abduraimov nega zaxiradan maydonga tushdi? U mashg‘ulotga qo‘shilganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Sardor bizning asosiy futbolchimiz. Bugun qayerdadir xato qilgandirmiz, hammasini ko‘rib chiqamiz", - dedi Vaniyev.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 18:34, 19.11.2020.
O'qildi: 1485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик