Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Shota Arveladze: «Qiyin yilda bizga yordam bergan hammaga rahmat»

Shota Arveladze: «Qiyin yilda bizga yordam bergan hammaga rahmat»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Qo‘qon-1912" bilan uchrashuvdan keyin o‘yin xususida fikrlarini aytib o‘tdi.

"Chempionlikka erishgan kechamizda butun yilni eslab o‘taman. Ilk bellashuvni hali Superliga start olmagan 10 fevralda Chempionlar Ligasida o‘tkazgandik. O‘shanda yilning bunday ko‘rinish olishini hech kim bilmasdi. Butun dunyo muammoga ro‘para bo‘ldi. Fikrimcha, "Paxtakor" tarixida chempionlik qo‘lga kiritilgan eng qiyin yil aynan shu yil bo‘ldi. Odamlar ko‘plab voqealarni boshdan o‘tkazdi. Biz mavsumni yakuniga yetkazayotganimiz uchun barchaga rahmat aytaman. O‘zbekiston va shahrimizda istiqomat qilayotgan, mehnat qilayotgan har bir insonga rahmat. Qolaversa, qiyin sharoitda o‘yinlarni tashkil qilgan O‘FA va PFLga, bizga har bir vaziyatda yordam bergan, muammolarni hal qilgan klub rahbariyati, har bir jabhada mehnatini ayamagan klubdagi har bir xodimni tik turgan holda olqishlayman. Ishqibozlarni alohida yodga olib o‘taman. Barcha olqishlarga munosib. Klubdagi ko‘plab xodimlarning o‘zi yoki oilasida kimdir kasal bo‘ldi, yaqinlarini yo‘qotganlar bor. Shunday qiyin holatda barcha o‘z vazifasini imkoni boricha ado etishga urindi. Hammadan minnatdorman. Qiyin payt bo‘lsa-da, deyarli 4 tur oldin chempion bo‘ldik, Chempionlar Ligasida nafaqat klub, balki mamlakat obro‘sini munosib himoya qilishga intildik.

Mavsum mobaynida qiyin o‘yinlar o‘tkazdik. Eng qiyinini tanlay olmayman, lekin AGMK, "So‘g‘diyona", "Bunyodkor" bilan o‘yinlar murakkab kechdi. Har bir bahsning o‘zida turlicha qiyinchiliklar uchradi. Chempionat yakunlangach, o‘ylab ko‘rib javob bersa bo‘ladi. Yigitlar kuni kecha terma jamoa yig‘inidan qaytishgani va tarkibdagi yo‘qotishlar sababli bugun eng yaxshi holatda emasdik. Lekin hali oldimizda chempionatda uch o‘yin va Kubok bellashuvlari turibdi. Biz mehnat qilishda, xatolardan xulosa chiqarish va g‘alaba uchun kurashishda davom etamiz", — dedi Arveladze.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:07, 20.11.2020.
O'qildi: 2041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.