Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

APL. «Liverpul», «Manchester Siti» hamda «Arsenal» ishtirokidagi o‘yinlar oldidan prevyu

APL. «Liverpul», «Manchester Siti» hamda «Arsenal» ishtirokidagi o‘yinlar oldidan prevyu

Baho:
+ | -

Nihoyat, deyarli ikki hafta vaqt mobaynida o‘tkazilgan FIFA kunlariga yakun yasalib, endi barchaning diqqat-markazi yana klublar miqyosidagi musobaqalar va ayniqsa, kuchli beshlik chempionatlariga qaratiladi. Ko‘pchilikni sog‘intirgan o‘yinlar qatorida esa shubhasiz, dunyoning eng tomoshabop ligasidan joy olgan bahslar ham o‘rin egallagan. Biz esa bugundan start oladigan APLning diqqatga sazovor qarama-qarshiliklariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

 

Mourinyo pragmativlikdan voz kechadigan bahs

Turning markaziy uchrashuviga bugun Londonda guvoh bo‘lamiz.

«Shporlar»da ham «shaharliklar» tarkibida ham uchrashuv oldidan yetarlicha muammolar borligini ko‘rib turibmiz. Albatta, buni ayni paytda yuzaga kelgan qaltis pandemiya, noodatiy va tig‘iz taqvim hamda FIFA kunlari paytida orttirilgan jiddiy jarohatlar bilan bog‘lashimiz mumkin. Tarkibdagi yo‘qotishlar har ikkala jamoada ham anchayin jiddiy. Ertangi bahsda londonliklar Mett Doerti, Erik Lamela, Jafet Tanganga hamda Tangi Ndombele kabi futbolchilarning xizmatlaridan foydalana olmasliklari aniq bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, «shaharliklar»ga bu borada Serhio Aguero va Rahim Sterlinglar yordam bera olmaydi. Tabiiyki, bu yerda «Manchester Siti»ning kamchiliklari biroz jiddiyroqdek tuyulmoqda. Ularning turnir jadvalidagi o‘rinlariga ham havas qilib bo‘lmaydi. Statistikalarga ko‘ra, Gvardiola joriy mavsum startini faoliyati davomidagi eng yomon ko‘rsatkichlar bilan boshlagan. YECHL esa bu umuman boshqa olam. Biroq, shunga qaramay rahbariyat hali ham ispaniyalik mutaxassisga ishonch bildirmoqda va yaqinda u bilan amal qiladigan shartnoma muddati ham maksimal darajada uzaytirib berildi. Endi Manchester jamoasi bundan keyingi shu kabi markaziy bahslarni o‘z foydalariga hal qila olmasalar, yilning ikkinchi qismida o‘zlarini o‘nglab olishlari juda qiyin kechishi kutilmoqda.

«Tottenhem»da esa hozircha ishlar yomon emas. Xalqaro maydonda ham APLda ham jamoa nisbatan o‘z darajasida, ba’zi paytlarda esa hatto, undan ham yuqoriroq tempda o‘ynab beryapti. Bu yerda ko‘pchilik Mourinyoning shakllantirib kelayotgan o‘zgacha uslubidan hayratga tushishmoqda. Portugaliyalik mutaxassisning o‘zi faoliyat olib borgan klublarida odatda primitiv futbol namoyish etishi hech kimga sir emas. Lekin u «Tottenhem» postini qabul qilib olgach, anchadan beri bu uslubdan voz kechib, ochiq va hujumkor futbol namoyish etmoqda. Chunki London klubining hozirgi tarkibi Jozeni bundayin qolip ichiga solib qo‘ydi desak yangilishmaymiz. Son va Keynning super tandemiga endi Beyl ham qo‘shilib, sekin-asta kuchli trio shakllanib bormoqda. Buning ustiga, «Siti»ga qarshi himoyaviy sxemada harakat qilishning o‘zi katta xato. Ayni paytda g‘alaba har ikkala jamoaga ham suv va havodek zarur. Olinajak 3 ochko «shporlar»ni jadvalning birinchi pog‘onasiga olib chiqishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, yo‘qotilajak ochkolar «shaharliklar»ni ekvatorning yanada quyi qismlariga tushirib yuborishi ham mumkin. Tabiiyki, markaziy uchrashuv o‘z maqomiga loyiq tarzda o‘tishiga ishonmoqdamiz.

«Tottenhem» - «Manchester Siti» (21 noyabr, 22:30)

 

«Tulkilar» chempionlardan qasos ola biladimi?!

Bunday deyishimizga asosiy sabab o‘zaro so‘nggi o‘yinlar bilan bog‘liq statistikalar bo‘lishi turgan gap. Biroq, boshqa jiddiy va aktual sabablar ham mavjud. Shunchaki turnir jadvalida yuzaga kelgan hozirgi vaziyat uchrashuvga bo‘lgan intrigani yetarlicha oshirib berishi shubhasiz. Ayni paytda har ikkala klub ham peshqadamlik uchun deyarli yonma-yon yo‘ldan ketishmoqda: o‘rtada bir ochkolik farq yuzga kelgan xolos. Bir so‘z bilan aytganda, kim g‘alabaga erishsa, karvonboshilikka ega chiqadigan bahs. Lekin bu yerda ko‘p jihatlar bo‘yicha «tulkilar»da ozroq bo‘lsa ham ustunlik yuzaga kelgan. Klublarning FIFA kunlaridan keyingi holati ham bir-biriga mutlaqo teskari ko‘rinishda. «Liverpul» allaqachon «lazaret jamoasi»ga aylanib bo‘ldi. Tarkib tanlash borasidagi chalkashliklar Kloppni kundan kunga qiyin ahvolga solib bormoqda. «Qizillar»ga ertangi bahsda yordam berolmaydigan futbolchilarni menimcha, alohida nom-banom sanab chiqishning hojati bo‘lmasa kerak. Jarohatdagi va betob futbolchilarning o‘zidan deyarli bitta top tarkibni hosil qilish mumkin.

«Lester» esa bu borada raqiblariga nisbatan qarama-qarshi holatdalar, haqiqiy tulkilarga xos bo‘lgan ayyorlik. Brenden Rodjers o‘zi usiz ham yetakchilarisiz o‘ynashga o‘rganib qoldi. Klub har qalay FIFA kunlaridan eson-omon o‘tib olganiga xursand. Millatlar ligasi bahslari doirasida Angliya yig‘iniga bu safar negadir Meddison, Barns hamda Vardilar chaqirilmadi, ularda zaxira kuchi bilan o‘ynash imkoniyati mavjud. Rodjers bu orada shogirdlari bilan shug‘ullanishda yetarlicha vaqtga ega bo‘ldi deb bemalol ayta olamiz. Bundan tashqari, klubning Yuri Tilemans kabi a’zolari o‘zlarini terma jamoada ijobiy taraflama ko‘rsata olishdi hamda jamoa bazasiga yaxshi kayfiyatda yetib kelishgan. Qolgan futbolchilar ham ayni paytda optimal formada. Ushbu ayrim jihatlar ham balki «Lester»ni bo‘lajak uchrashuvning favoritiga aylantirmasligi mumkin, lekin mersisaydliklarni ham oson o‘lja qarshisida turibdi deb ayta olmaymiz.

Uchrashuvga doir faktlar:


- «Liverpul» o‘z maydonida doim favoritlik maqomiga ega. «Qizillar» «Enfild»da kechgan oxirgi 30 o‘yinning naq 29 tasida zafar quchishgan.


- «Lester»da ham o‘z navbatida oxirgi safar bahslarini omadli tarzda yakunlanmoqda. Ular so‘nggi 4 ta mehmondagi uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozonishgan.

- «Liverpul» «Lester»ga qarshi so‘nggi 6 ta bahsning 5 tasida zafar quchgan.

Shuningdek, mersisaydliklar «tulkilar» ga qarshi oxirgi besh o‘yinda kamida 2,5 tadan ziyod miqdorda gol urib kelishmoqda.

 

«Liverpul» - «Lester» (23 noyabr, 00:15)

 

Tajribali Byelsa yosh va iste’dodli Artetaga qarshi

Joriy mavsumda har ikkala jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yin uslubi bir-biriga juda o‘xshash. Ikkalasi ham kuchli pragmatizm va shaxmatcha yurishlar tarafdori. Buni so‘nggi uchrashuvlardan ham ilg‘ab olish qiyin emas. Lekin tabiiyki, Artetada buni jamoaga singdirish biroz qiyin kechmoqda. To‘g‘ri, u dekabrda "kononirlar"ni qabul qilib olgandan so‘ng bir qancha muhim bellashuvlarda o‘z salohiyatini namoyish etib ulgurdi, hatto, ba’zi kichik titullarni ham qo‘lga kiritdi. Bularning barchasi albatta tahsinga sazovor jihatlar. Lekin shu narsa ham ma’lumki, fransiyalik mutaxassis o‘zi qurmoqchi bo‘lgan kuchli himoyaviy uslub bilan deyarli uzoqqa bora olmasligi aniq bo‘lib boryapti. Endi u boshqa bir yangi sxema o‘ylab topishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, joriy hujum chizig‘i shuni taqozo etib turibdi. Arteta uchun berilgan sinov muddati tugadi, endi u klubni oldingi o‘tmishiga qaytarishni maqsad qilgan bo‘lsa, birinchi jamoa bo‘lib o‘ynash nazariyasini ham puxta shakllantirib olishi talab etiladi. Har qalay Obameyang shuning uchun ham katta urinishlar evaziga jamoada ushlab qolindi. Mana endi top hujumchilarning sermahsulligi himoyadagi xatolarni yopib ketishi kerak bo‘lgan ayni vaqt. Bu esa faqatgina Mikelning o‘ziga bog‘liq ko‘nikma hisoblanadi.


Byelsa «Lids»ni uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana Premyer-ligaga qaytardi. Qaytganda ham ular mavsum davomida grand jamoalarga yetarlicha boshog‘riq bo‘lib kelmoqda. To‘planayotgan ochkolar salmog‘i hozircha yomon emas. Yuqori divizionda yana bir ikki mavsum muntazam ishtirok etganlaridan so‘ng zarur ko‘nikma hamda tajriba o‘z-o‘zidan shakllanib boraveradi. Hozir Byelsa jamoasida deyarli kamchiliklar yo‘q. Ular muhimi, mana shu stabil formalarini bir maromda ushlab turishsa bo‘lgani. Ko‘pchilik tomonidan ertangi bahs «oqlar» uchun unchalik qiyinchilik tug‘dirmasligi aytilmoqda. Garchi ular «to‘pchilar»dan 4 pog‘ona pastda bo‘lsalarda, ochkolar orasidagi tafovut juda yaqin - 2 ochko. Turnir jadvali nuqtayi nazaridan ham, murabbiylar o‘rtasidagi prinsipiallik borasida ham bu bahs zerikarli o‘tmasligi aniq. Artetaning Byelsa uslubini uning o‘ziga qarshi qo‘llab ko‘rishi barcha uchun birdek qiziq.

Uchrashuvga doir faktlar:


- «Arsenal» «Lids»ga qarshi safar bahslarining so‘nggi 4 tasida 3 tadan kam gol urmayapti.

- «Kononirlar» «Lids» uyidan so‘nggi 4 bahsda ham 3 ochko bilan qaytishgan.

 

«Lids» - «Arsenal» (22 noyabr, 21:30)

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:38, 21.11.2020.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.