Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Mourinyoning ikkinchi mavsumi: «Tottenxem» chempion bo‘ladimi?

Mourinyoning ikkinchi mavsumi: «Tottenxem» chempion bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Joze Mourinyoning ikkinchi mavsumlari doim kuchli kechishi haqidagi iddaolar aniq faktlarga asoslangan. “Real”da ham, “Chelsi”da ham, “Inter”da ham u 2-mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. Hatto “Manchester Yunayted” ham Fergidan keyingi davrdagi eng yaxshi natijasiga aynan Jozening ikkinchi mavsumida erishgandi. Hozirda APLda peshqadamlar safida borayotgan “Tottenhem” ham go‘yo buni isbotlayotgandek.

Umuman, nafaqat yangi mavsum, balki 2020 yildagi natijalarni olsak ham, “Tottenhem” Angliyada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Xo‘sh, Mourinyo yana bir kuchli jamoasini taqdim etmoqdami?

U qadar deb o‘ylamayman. Birinchidan, bugungi “Tottenhem” qandaydir tayyor loyihani eslatmayapti – ochkolar alohida o‘yinlardagi to‘g‘ri rejalar yordamida qo‘lga kiritilayotgandek, ya’ni bir maqsad sari aniq yo‘nalayotgan ahil guruhga o‘xshamaydi. Bir ikki muvaffaqiyatsiz o‘yin bo‘lsa barchasi sochilib ketishi ham mumkin. Ikkinchidan, Harri Keyn va Son Xyong Minning ajoyib sport formasini ham ta’kidlash kerak. Natijalar aynan mana shu futbolchilarning individual mahorati evaziga ham qo‘lga kiritilyapti.

Bundan uchinchi sabab kelib chiqyapti. Ya’ni, “Tottenhem” shu paytgacha ancha kuchsiz, autsayder jamoalar bilan o‘yinlarda qatnashdi. Jamoaning kuchi, asosiy quroli ma’lum – Son va Keyn. Ularni zararsizlantirish “Tottenhem” o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Buni hamma bilib turibdi, tabiiyki, o‘sha kuchsiz raqiblar ham. Shunchaki, raqiblarda mahoratning yetishmasligi natijasida, Son va Keynning mahorati hal qiluvchi bo‘lib qolmoqda. Agar ancha saviyali va yuqori malakali ijrochilarga ega raqib, to‘g‘ri va mos taktika bilan to‘p sursa, “Tottenhem” hujumda muammolarga duch kelish ehtimoli yuqori.

Demak, Mourinyo jamoasi uchun asosiy sinov endi boshlanmoqda. Bir oy ichida londonliklar “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Kristal Pelas” va “Lester”ga qarshi maydonga tushishadi. Aynan mana shu o‘yinlar Joze shogirdlarining salohiyatini, Son va Keyn qay darajaga chiqa olishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.

Demak, birinchi sinov – bugun, 22:30 da.  “Tottenhem” – “Manchester Siti”.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 20:38, 21.11.2020.
O'qildi: 3158 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.