Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganlar ramziy jamoasi

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganlar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon. Lev Yashin

1963 yilda «Dinamo» klubi posboni dunyoning eng kuchli darvozaboni sifatida tan olinadi. E’tiborlisi shundaki, Yashin ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon sifatida tarixda qoldi. Bundan tashqari, uni ko‘plab nashrlar barcha zamonlarning eng yaxshi Darvozaboni deb ham tan olgan.

Himoyachilar. Fabio Kannavaro

2006 yilda Italiya terma jamoasi Jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Ushbu yurt termasi butun musobaqa davomida tartibli himoya bilan boshqalardan ajralib turadi. Aynan shu kuchli himoya yakunda musobaqaning oltin medallarini Italiyaga taqdim etadi. Ushbu himoya esa, Kannavaroning mehnati evaziga deyarli bexato o‘z ishini bajaradi. "France Football" esa, mavsum so‘nggida sovrinni haqli ravishda Kannavaroga topshiradi.

Mattias Zammer

1990 yildagi GDR bilan mundialda ishtirok etgan himoyachi oradan 6 yil o‘tib sayyoramizning eng kuchli futbolchisiga aylanadi. To‘g‘ri, so‘rovnomada atigi 1 ta ko‘proq ovoz to‘plash orqali g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, ammo fakt bu fakt!

Frans Bekkenbauer

Ushbu futbolchini ramziy jamoamizning sardori deb atasak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz o‘z faoliyati davomida 2 bor «oltin to‘p»ga ega chiqqan. U boshchiligidagi «Bavariya» uch bor ketma-ket Yevropa chempionlar kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Maydonda aql bilan ish ko‘ruvchi futbolchi FIFAning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sanaladi.

Yarim himoyachilar. Zidan

1998 yildagi JCH qahramoniga «oltin to‘p»ni bermaslikning imkoni yo‘q edi. Zizu shu qadar yorqin futbol namoyish etdiki, hatto hech kim so‘rovnoma qanday yakunlashini bilan ham qiziqmay qo‘ydi. Aynan u ramziy jamoamizning yarim himoyachilari ro‘yxatini ochib beradi.

Yohan Kroyf

Kroyf o‘z faoliyati davomida turli pozisiyalarda to‘p surishga ulgurdi. Shunday bo‘lsada, biz uni hujum boshlovchi yarim himoyachi sifatida tanlab oldik. Qahramonimiz naqd 3 bor «oltin to‘p»ni o‘ziniki qilgan bo‘lsada, JCHda g‘alaba qozonishni uddalay olmadi. Shunga qaramay, uning buyukligiga bu omil zarracha ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.

Mishel Platini

Hujumchi ortidagi xavfni Mishel Platini sodir etadi. E’tiborlisi shundaki, Platini ketma-ket 3 bor «oltin to‘p» sovrinini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Ayniqsa, Yevro 84 musobaqasidagi g‘alaba uni tarixda abadiy qolishini ta’minladi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Hujumkor qanot futbolchilari

Krishtianu Ronaldu

Krish bugungi ramziy jamoamizda chap qanot vingeri sifatida o‘rin egalladi. naqd 5 bor «oltin to‘p»ni o‘ziniki qilgan shovvoz to‘xtamoqchi emas. Krishni futbolchi sifatida u qadar xushlamaydigan insonlar ham mavjud, ammo uning maydonda o‘z mehnati bilan erishgan yutuqlarini barcha tan oladi.

Leonel Messi

Ronaldu esga olingan chog‘da, albatta Messi haqida so‘z ochilishiga o‘rganib qolganimizga 10 yildan oshib ketdi. Afsuski, klublar miqyosidagi omad unga terma jamoada nasib etmadi. Omadsiz o‘tgan JCHlardan so‘ng, futbolchi og‘ir ruhiy bosim ostida qolib ketadi, biroq bu unga 6 bor «oltin to‘p»ning egasi bo‘lishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q.

Markaziy hujumchilar. Marko Van Basten

 

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan hujumchilar juda ko‘p, ammo biz aynan gollandiyalik afsonani tanladik. Sababi, uning og‘ir jarohatlarga qaramay katta marralarni zabt etgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. 30 yoshga to‘lmay turib katta futbolni tark etgan bo‘lsada, Marko «oltin to‘p»ni 3 bor o‘ziniki qilib olishga ulgurib qoldi. Yevropa chempionatidagi g‘alabasi esa, unga tarixda abadiy qolish imkonini yaratdi.

Ronaldo

Ramziy terma jamoamizning «erkatoy» futbolchisi sifatida Ronaldoni ko‘rsatishimiz mumkin. «So‘yloq» butun karyerasi davomida ortiqcha vazn muammosi bilan kurash olib bordi. Shunday bo‘lsada, bu unga mundialda g‘alaba qozonishiga qarshilik qilgani yo‘q. Og‘ri jarohatlar, ortiqcha vazn muammosi ham qahramonimizni barcha zamonlarning eng yaxshi hujumchisi bo‘lishiga qarshilik ko‘rsata olmadi. Futbolchi «Barsa», «Real», «Inter», «Milan» singari qarama-qarshi jamoalar sharafini himoya qilganiga qaramay, uni barcha birdek sevadi. Uning o‘yinlaridan zavqlanmagan muxlis bo‘lmasa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:17, 21.11.2020.
O'qildi: 13073 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.