Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"Arsenal" faxriysi o‘z kolleksiyasidagi buyumlarni arzimagan pulga sotib yubordi! U nimalarni sotdi?

"Arsenal" faxriysi o‘z kolleksiyasidagi buyumlarni arzimagan pulga sotib yubordi! U nimalarni sotdi?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz Pol Jonson amalga oshirgan «ko‘tara savdo» haqida fikr almashadi.

Pol Jonson haqida ko‘plab muxlislar eshitmagan bo‘lishi mumkin, biroq "Arsenal«ning ashaddiy muxlislari bu insonni yaxshi taniydi. Sababi, u 30 yil davomida »to‘pchilar" sferasida kitman vazifasini bajargan. Yurtimizda, ushbu vazifani asosan klub sport direktorlari, matbuot xodimlari bajaradi. Yevropada esa, liboslar uchun alohida shaxs mas’ul bo‘lib, aynan u liboslarga javob beradi. Klubda Arsen Vengerdan avvalroq ish boshlagan mutaxassis 30 yil davomida turli esdalik sovg‘alarni yig‘ib borgan. 2018 yilda esa, Arsen Venger bilan bir paytda iste’foga chiqadi.

O‘tgan vaqt davomida futbolchilar bilan doimo birga bo‘lgan qahramonimiz ancha-muncha esdalik sovg‘alari yig‘ib qo‘ygan edi. Sababi, klub futbolchilari va raqib jamoadagi kitmanlar o‘rtasida uchrashuvdan so‘ng, libos almashish marosimi Yevropada urf bo‘lgan. Qahramonimizning kolleksiyasida Karlos, Anri va Zidan singari afsonalar kiygan futbolkalar mavjud edi. Aynan shu va boshqa lotlarni Pol sotuvga qo‘yishga qaror qildi.

Shuningdek, "Arsenal" futbolchilari qo‘lga kiritgan kumush medallardan ham bir nechtasi uning uy muzeyida mavjud. Ular orasida YECHL, Angliya liga kubogi singari katta musobaqalarning medallari ham mavjud. Shuningdek, Toni Adams, Anri, Viyera singari futbolchilar kiygan liboslar ham unda mavjud.

Umumiy hisobda qahramonimiz auksionga 221 ta buyumni olib chiqishga qaror qildi. Uning bu ishga nima sababdan qo‘l urgani kishini afsus chekishga majbur qiladi.

« Klub mening hayotim edi. Shu bois, bu qarorga kelish menga juda o‘gir botdi. Sotuvga qo‘yilgan har bir buyum bilan bog‘liq xotiralarim mavjud. Ulardan voz kechish oson bo‘lgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, oldinga qadam tashlash lozim.»

Aslida, Jonson bu buyumlarni sotuvga qo‘ymoqchi emas edi. Bunga uning uyiga o‘g‘rilarning bostirib kirgani va ko‘plab qimmatbaho buyumlarni olib ketgani sabab bo‘lgan. Ushbu voqeadan so‘ng, Jonson vaziyatga boshqa ko‘z bilan boqdi va barcha tarixiy buyumlarni o‘z vaqtida yangi egalariga yetkazishga qaror qildi. Keling, endi auksionda nimalar sotilgani bilan qiziqib ko‘ramiz.

Lotlar orasidagi eng qimmati buyum sifatida "Arsenal"ning 2013/14 yilda qo‘lga kiritgan Angliya kubogidagi oltin medalini ko‘rsatishimiz mumkin. Auksionni uyushtirgan kompaniya ushbu tarixiy medalni 9 ming yevroga pulladi. Kumush medallar bir muncha arzonroq ketdi.

Shuningdek, mashhur futbolchilarning liboslariga bo‘lgan talab juda baland edi. Birinchilardan bo‘lib «Real» afsonalarining liboslari sotilib ketdi. Karlosning futbolkasi uchun 440 funt qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, Zidan libosi uchun xaridor 1000 funtdan voz kechdi.

Eng arzon narxda ketgan buyumlar orasida «Malyorka», «Kikkers» va «Maribor» jamoalari futbolchilari kiygan liboslarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ushbu jamoalar bilan London klubi mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida to‘qnash kelgan edi. Ushbu liboslar uchun xaridorlar 50 funtdan to‘lashdi. Qahramonimiz klub afsonasi Nayjel Uinterberning xayrlashuv uchrashuvida taqqan soatini ham sotuvga qo‘ydi. Uni qo‘lga kiritgan shaxs 120 funt to‘ladi.

Zidan va Karloslarning liboslari bir chetda qolib, muxlislar Nikola Anelka 1998/99 yilda kiygan libosi uchun 7 ming yevro to‘lashdi. Aynan shu mavsum Anelka uchun Londondagi so‘nggisi bo‘lgan edi.

Undan keyingi o‘rinda jamoa afsonasi Brayn Telbotning futbolkasi sotildi. 1979-85 yillar oralig‘ida «kononirlar» sharafini himoya qilgan futbolchining libosi uchun 5 ming funt sarf etildi. Jamoa libosida naqd 327 bor maydonga tushgan futbolchi haqida bugungi avlod muxlislari yaxshi tanish emas.

Eng qimmat liboslar orasida Eshli Koulning nomi tushirilgani ham mavjud. Vaholanki, "Arsenal« muxlislari uni "Chelsi"ga o‘tib ketgani uchun hali-hamon kechirishgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, "Xayberi"da kiyilgan so‘nggi libos uchun xaridor 3000 ming funt sarfladi.

Tan olish lozim, ayrim buyumlar xaridorlarda umuman qiziqish uyg‘otmadi. Masalan, naqd 7 yil davomida jamoa darvozasini qo‘riqlagan Lukash Fabianskining libosi hech kimda qiziqish uyg‘otmadi. Mertazakerning butsalari esa, atigi 150 funtga baholandi.

Umumiy hisobda, Jons auksiondan 100 ming funt ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Kimlardir esa, o‘z shaxsiy kolleksiyasiga antiqa tarixga ega buyumni qo‘shib oldi. Endi Jons, tunlari xotirjam uxlashi mumkin. Sababi, uning xotirlarini endi hech kim o‘g‘irlay olmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:37, 22.11.2020.
O'qildi: 3975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.