Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

 

«Barsa» ishga kirishdi

 Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Manchester Siti» klubi himoyachisi Erik Garciya bilan shartnoma imzolamoqchi.

“Sport.es” nashrining ma’lum qilishicha, Pikening og‘ir jarohat olishi transferni tezlashtirishga sabab bo‘lgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, 2021 yilda «shaharliklar» bilan shartnomasi yakunlanishi kutilayotgan futbolchining transfer summasi 10-15 million yevro atrofida baholanmoqda.

«Tottenhem»dan yurish

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi «Vilyareal» markaziy himoyachisi Pau Torresni qo‘lga kiritmoqchi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, ispan klubi o‘z futbolchisini 40 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Manbaning ma’lum qilishicha, «shporlar» transfer borasida ilk taklifni qishda rasman yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq himoyachi bilan «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirgan edi.

PSJga yangi «qon» kerak

Fransiyaning PSJ jamoasi «RB Leypsig» klubi yarim himoyachisi – Domini Sobosloi bilan qiziqib qoldi.

Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, Parij klubi 20 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun «buqalar»ga 20 million yevro taklif qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sobosloi bilan shuningdek «Inter» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqib qolgan, ammo futbolchining ozi Nagelsman bilan uzoqroq ishlashni istamoqda.

Serial davom etadi

Milanning «Inter» klubi tezroq Kristian Eriksondan qutulish maqsadida yangidan yangi kombinasiyalarni o‘ylab topishdan charchamayapti.

“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniyga yetuvchi futbolchini klub «Bavariya» yarim himoyachisi Korentin Tolisso bilan almashtirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Milan shahri jamoasi «Bavariya»ga Tolisso borasida rasmiy taklif bilan chiqqan edi.

Lempard fikridan qaytdi

Angliyaning «Chelsi» klubi ustozi Frenk Lempard ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi.

Aslida, murabbiy Barklini o‘z rejalariga kiritmagan edi, biroq “The Sun” nashrining ma’lum qilishicha murabbiy fikridan qaytgan. Bunga yarim himoyachining “Aston Villa” safidagi ishonchli o‘yinlari sabab bo‘lgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Barkli mavsum so‘nggida yana «Chelsi» ixtiyorida bo‘ladi. Klub uni sotmaydi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:55, 24.11.2020.
O'qildi: 3868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик