Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Grizmann - Messi bilan munosabati haqida: «Leo men bilan birga o‘lishga tayyor ekanligini aytgan»

Grizmann - Messi bilan munosabati haqida: «Leo men bilan birga o‘lishga tayyor ekanligini aytgan»

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Antuan Grizmann Movistar nashriga bergan intervyusida jamoadoshi Lionel Messi bilan munosabati yaxshiligi haqida fikr bildirdi.

«Barselona»ga o‘tishi haqida:

«Men avval ham aytganman, jamoaga endi kelgan paytimda "Barsa"dan tushgan birinchi taklifga rad javob berganimda bundan Messi hafa bo‘lganini aytgandi, chunki Messi bu bitim haqida ommaga aytgandi, lekin yakunda men rad etgandim. Biroq, men "Barselona"ga o‘tganimdan keyin u menga birgalikda o‘limga ham tayyor ekanligini aytgandi va men buni har kuni his qilaman.

Men Leodan zavq olaman va u bu haqda biladi. Messi bilan bizning oramizda ajoyib munosabat bor».

Tanqidlar haqida:

«Men tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilaman, chunki haqiqatdan ham avvalgi Grizmanni ko‘rmayapmiz. Lekin, har doim nimadir ro‘y bersa birinchi bo‘lib men haqimda gapirishlarini his qilaman. So‘nggi bir yarim yilda uchta bosh murabbiy qo‘l ostida o‘ynadik, bu oson emas. Yangi sxemaga va jamoadoshlarimga ko‘nikishim uchun vaqt kerak.

Bundan tashqari, «Barselona» prezidentligiga nomzodlar ham men haqimda gapirishmoqda. Ular uchun meni muhokama qilish eng yaxshi variant deb o‘ylamayman, mening transferim omadli yoki omadsizligi haqida gapirish ular uchun muhim emas».

Agenti Olats va amakisining gaplari haqida:

«Men turmush qurganim kunimdan boshlab Olats bilan munosabatimni yakunlagaman. Men uni to‘yga taklif qilganman, u esa to‘yga tashrif buyurmagan, shu tariqa u bilan munosabatni uzganman.

Amakim futbolni uncha yaxshi tushunmaydi. Yakunda jurnalistlar uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilishgan. Men Leoga hech qachon amakim bilan gaplashmaganimni aytganman, menda hatto uning telefon raqami ham yo‘q», – dedi Grizmann.

Kiritildi: 10:10, 24.11.2020.
O'qildi: 3901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.