Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Deyarli 10 daqiqa ichida uchta gol o‘tkazib yubordik»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Deyarli 10 daqiqa ichida uchta gol o‘tkazib yubordik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o‘rin olgan «AGMK»-«Andinon» so‘ng «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Har bir jamoa g‘alaba uchun maydonga tushadi. Barcha rejalarimizni AGMKning standart vaziyatlari o‘zgartirib yubordi. Deyarli 10 daqiqa ichida uchta gol o‘tkazib yubordik, shundan so‘ng futbolchilarimizda ishtiyoq sezilmay qoldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga hisobni tenglashtirish uchun maydonga tushgan edik, ammo o‘xshamadi.

— «Andijon» so‘ngi turlarda «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor» bilan o‘ynaydi. «Andijon»ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

— Bizning vazifamiz jamoani maksimal darajada Superligada olib qolish. O‘tgan safar ham aytib o‘tdim, jamoani olib qolishga maksimal darajada harakat qilamiz. Yigitlarni nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilaman. So‘ngi o‘yinlardagi raqiblarimiz haqiqatdan ham ancha kuchli. Jamoani olib qolish uchun murabbiylar shtabi va futbolchilar borimizni berib harakat qilamiz. «Buxoro» va «Surxon» natijalaridan qat’i nazar biz o‘zimizning o‘yinlarimizda yutishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 22:10, 24.11.2020.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик