Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Prevyu: "Real"da yoqimsiz an’ana, "Inter" vaziyatni o‘nglay oladimi?

Prevyu: "Real"da yoqimsiz an’ana, "Inter" vaziyatni o‘nglay oladimi?

Baho:
+ | -

Ko‘hna qit’aning eng nufuzli turniri hisoblangan Chempionlar ligasi bahslari davom etadi. Aksar jamoalar nimchorak final bosqichiga chiqish uchun, ayrimlari esa hech bo‘lmaganda Yevropa Ligasiga yo‘llanmadan quruq qolmaslik uchun kurash ketayotgan guruh bosqichi uchrashuvlari qizigandan qizimoqda. Bugun, chorshanba oqshomida 8 ta o‘yingoh dastlabki 4 ta guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni o‘zida qabul qiladi. Shulardan biri, shubhasiz turning markaziy to‘qnashuvi “Juzeppe Meassa”da, “Inter” hamda “Real Madrid” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Ikkala klub ham milliy birinchiliklarda qoniqarli ko‘rsatkichga ega. “Real” 17 ochko bilan 4, Inter esa 15 ochko bilan 5-pog‘onada joylashgan. Jamoalar o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvdagi raqamlar ham bir xil. 2 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. Ko‘rinib turibdiki, ayni paytdagi natijalar borasida deyarli tafovut yo‘q. Ammo, YECHLda ham ularning hozirdagi vaziyatlari o‘xshash deyish mumkin, lekin ijobiy deb bo‘lmaydi. Hali yangi mavsumning endigina uchdan biri bo‘lgani uchundir balki, klublar to‘laqonli barqarorlikni ta’minlay olmayapti.

Bir qarashda “Borussiya Menxengladbax", “Shaxtyor Donesk", “Real Madrid“ va "Inter" jamoalari o‘rin olgan guruhda kim yetakchi ekanligini ikki granddan birining nomini keltirib, bemalol taxmin qilish mumkindek. Ammo, ortda qolgan turlarga nazar tashlansa, bu taxminlar o‘zini oqlamasligi turgan gap. Haqiqatdan ham, yevrokuboklarda na “qaymoqranglilar" va na Milan jamoasining ishlarini yaxshi deb bo‘lmaydi. Zayniddin Zidan shogirdlari guruh doirasidagi 3 ta o‘yindan 1 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, 4 ochko bilan 3-o‘rinni band etishgan. Antonio Konte boshchiligidagi jamoa esa, 1 mag‘lubiyat va 2 duranga erishib, 2 ochko bilan guruhning eng quyi pog‘onasida. Yuqori o‘rinlarni 4 ochko bilan Ukraina, 5 ochko bilan Bundesliga jamoasi band etgan. Tabiiyki, hali imkoniyat saqlanib turibdi, ikkala jamoa ham oldindagi turlarda faqat zafar quchishlari talab etiladi. Shu bilan birga, bugungi bahsda qo‘lga kiritiladigan ochkolar ikki raqib uchun ham juda muhim. Mag‘lubiyat, keyingi bosqich imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi mumkin, g‘alaba esa ishonch va ishtiyoq taqdim etishi, shaksiz.

Murabbiylar fikrlari

Zayniddin Zidan ("Real"): “Biz himoyada ham, gol urish borasida ham birdek yaxshilanishga harakat qilmoqdamiz. Futbolda kuchliroq bo‘lgan vaqtlar ham bo‘ladi, shu bilan birga ishlar og‘irroq bo‘lgan paytlar ham. Ehtimol, hozir shunday bo‘layapti. Ammo, bunday holat faqatgina bizda emas. Bizning “Inter“ ga qarshi o‘yinimizda yuqoriga yoki pastga o‘zgarish bo‘lgan deb o‘ylamayman. Men taqdirga tan beradiganlardan emasman. Bu futbol va unda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin”.

Antonio Konte ("Inter"): “O‘tgan davrda biz ko‘pincha o‘yinlarni to‘g‘ri munosabat bilan boshladik. Biz bu mavsumda to‘pga egalik qilishni avvalgisiga nisbatan ko‘paytirdik, ammo shu bilan birga raqiblarimizga juda ko‘p imkoniyatlar yaratishga imkon beryapmiz. Avval ham aytgan edim, agar biz raqobatbardosh bo‘lishni istasak, barcha imkoniyatlarimizni, darajamizni ko‘rsatishimiz kerak”.

Taxminiy tarkiblar

“Inter”: 1. Samir Xandanovich, 6. Stefan de Vrey, 95. Alessandro Bastoni, 37. Milan Shkrinyar, 2. Ashraf Hakimiy, 5. Roberto Galyardini, 22. Arturo Vidal, 15. Eshli Yang, 23. Nikolo Barella, 9. Romelu Lukaku, 10 Lautaro Martines

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 23. Ferlan Mendi, 6. Nacho, 5. Rafael Varan, 2. Daniel Karvaxal, 14. Kazemiro, 10. Luka Modrich, 8. Toni Kroos, 11. Marko Asensio, 24. Mariano Dias, 7. Eden Azar

Aytish mumkinki, fransiyalik mutaxassis Italiyaga jiddiy talofatlar bilan kelgan. Mudofaa qo‘rg‘onining asosiy vakili Serxio Ramos, milliy terma jamoa safida Germaniyaga qarshi kechgan bahsda orttirib olgan jarohati sabab, Karim Benzema esa La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Valensiya“ bilan o‘yinda uchragan jarohatidan to‘liq tiklanishga ulgurmaganligi tufayli “qirollik klubi“ga yordam bera olmaydi. Demakki, bugun 4-raqamli sardorsiz o‘ynash ko‘nikmasini shakllantirib ulgurmagan Zidanga endi “Inter“ga qarshi Ramossiz o‘ynash yuklamasi qo‘yiladi. Inchunun, murabbiy muhim futbolchilar — Federiko Valverde va Luka Yovich xizmatlaridan mosuvo bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, Mariano Dias tarkibga "Vilyarreal“darvozasiga kiritgan goli bilan qaytdi. Mushkul paytlarda hamisha shay turadigan Nacho ham Varan bilan yaxshi tandem hosil qila oladi. Antonio Konteda bu borada vaziyat ancha yengil. Boisi, tarkibda COVID-19 tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborayotgan himoyachi Aleksandar Kolarov va yarimhimoyachi Marselo Brozovichni munosib almashtiradigan variantlar yuq emas. “Neradzurri" muxlislarini quvontiradigan jihat, o‘tgan safar, “Santyago Bernabeu"da o‘ynamagan Romelu Lukaku safga qaytgan.

Dadajon Foziljonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:28, 25.11.2020.
O'qildi: 3652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.