Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. 24-tur o‘yinlari yakunlandi (sharh)

Superliga. 24-tur o‘yinlari yakunlandi (sharh)

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superligasining 24-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Ushbu turda bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘tgan turda Andijonga safar uyushtirib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qaytgan Muborakning "Mash’al" jamoasi o‘z maydonida Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi - 3:0.

Superligada jon saqlab qolish maqsadida birin-ketin murabbiylarni almashtirib kelayotgan "Andijon" jamoasi Olmaliqqa safar uyushtirdi va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi mehmoni bo‘ldi. Tarkib va tajriba borasida raqiblaridan katta ustunlikka ega bo‘lgan AGMK futbolchilari andijonlik futbolchilar darvozasiga naqd to‘rtta to‘p kiritdi - 4:0. Olmaliqliklar shu tariqa o‘zlarining to‘rtta "mag‘lubiyatli seriyasi"ga nuqta qo‘yishdi.

Birinchi davrada yuqori o‘rinlarni egallashni maqsad qilib tarkibiga tajribali futbolchilarni jamlab olgan Andrey Shipilov boshchiligidagi "Metallurg" klubining ikkinchi davraga kelib kuchi tugadi shekilli, 8 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bu safar "Metallurg" ikkinchi davrada o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib olgan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi maydoniga safar uyushtirdi va kichik hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchrab, "g‘alabasiz seriyasi"ni 9 taga yetkazib oldi.

O‘tgan turda joriy mavsum chempionligini rasmiylashtirgan Shota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" bugun Qarshiga safar uyushtirib, Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi mehmoni bo‘ldi. Chempionlikni rasmiylashtirgani uchunmi yoki haqiqatdan ham "Nasaf"ning yosh futbolchilarga kuchi yetmadimi, bilmadig-u, lekin "sherlar" "ajdarlar"ga "em" bo‘ldi - 3:0.

Superligada jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan ikki jamoa - "Surxon" hamda "Buxoro" Termizda o‘zaro kuch sinashishdi. Avvaliga ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida Kasyan belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda buxorolik futbolchilar gol kiritishib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kurash olib borayotgan Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi. Beshta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Timur Kapadze boshchiligida "temiryo‘lchilar" qo‘qonliklarni mag‘lubiyatga uchratib qaytdi - 0:1.

Turning so‘nggi uchrashuvi esa Toshkentdagi "Milliy" stadionda ustoz va shogird o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" o‘z maydonida Jizzaxning "So‘g‘diyona" futbolchilarini qabul qildi va Xurshid G‘iyosovning kiritgan yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing keyingi tur o‘yinlari 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:15, 25.11.2020.
O'qildi: 2740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.