Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

"O‘lim"

"O‘lim"

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘lim ham asli Allohning bir ne’mati. Inson vafot etar ekan, uning bir qismi tugaydi va tabiiyki, yangisi boshlanadi. Agar o‘lim bo‘lmasa, davomiylik va... uyog‘i biz bilmaydigan cheksizlik.

Bugun Maradonaning vafoti bilan ko‘p narsalar yozildi, yozilmoqda, yozilaveradi ham. Rostanam daho futbolchi edi. U bilan o‘sgan avlod ayniqsa qattiq yozyapti. Butun bir epoxa tugagani uchundir balki. Yozganlardan tashqari dunyo ahlining reaksiyasiga ham qarang: Yulduzlar Diyegoni eslashga tushdilar, San Paolo o‘yingohi nomi Maradonaga berilishi haqidagi xabarlar chiqdi, uch kunlik motam va hokazolar.

Maradona kecha tirik edi va u haqda bu gaplar yo‘q edi. O‘limning ne’matligi inson qadrini topadi. Bu qadr u vafot topmagunga qadar bo‘lmaydi. Oddiy hol. Bugun Maradona siymosi bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lmoqda. Chunki uning birinchi qismi tugadi. U tugab, yangi qadr bosqichiga ko‘tarildi.

Bir avlod sevib ulg‘aygan kishisini yo‘qotganda shunday bo‘ladi doim. Bizdan oldingilar Kruiffga yig‘lashgan, jim bo‘lib qolishgan (Pele tirikligi uchun, albatta), biz bugun Diyegoning vafotiga g‘amginmiz. Aslida kechagi Maradonadan bugungi Maradonaning farqi bo‘lmasligi kerak ediku, uning o‘yinlarini shuncha yaxshi ko‘rgan bo‘lishsa, har kuni gapirmaydilarmi, yo‘q, vafot sanasida bu yiring misol tashqariga chiqib ketadi. Odamlar kimni yo‘qotganlarini shunda biladilar.

Avlod o‘zi suygan kishisini ota-onasi kabi ardoqlagandek tuyuladi menga. Ota-ona qariydi, tirikchilik yukini farzandlariga beradi, faqat maslahatgo‘yga aylanadi. Pul topmaydi, birovning ishiga aralashmaydi, ba’zan shoshganimizda borlari-da esdan chiqib qoladi. Shundoq, oddiy tomoshabin misol yashay boshlaydilar. Lekin o‘sha, faqat uyda ko‘rganimizda salomimizga alik oladigan, ishga ketayotganimizda duo qilib qo‘yadigan, uyning fayzi bo‘lib turgan otamiz yo onamiz vafot etsa, dahshatli tush kabi seskanib ketamiz. Usiz-da umrimiz davom etishini bilsak-da, katta narsani yo‘qotganimizni anglaymiz.

Maradona – bizning avlod uchun ana shunday katta siymo edi. U futbol o‘ynamayotgandi, murabbiylikni ham tashlagandi, umuman futbolga aralashmay ham qo‘ygandi hatto. Lekin bugun uning futbol ichida yashayotganini bilib qoldik. Birdan, yo‘qolib qolganida, futbol undan ayrilganini payqab qoldik. Aslida usiz—da futbol davom etadi, birozdan so‘ng boshlanadigan “Inter” – “Real” o‘yinida ham eslanar, ammo u to‘p tepgan “San siro”da xushtak chalinishi bilan o‘yin boshlanib ketadi. Hamma yana o‘z ishi bilan mashg‘ul. Maradonasiz bugungi futbol umuman o‘zgarmasligi-da aniq. Ammo o‘sha “qadr bosqichi”ga o‘tilgani uchun ham Diyego nomi futbol olamiga aylanib ketadi.

Messi 2022 yilgi Qatar mundialida Maradonaga tenglashish uchun emas, ustozi xotirasi uchun ham o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Tug‘ilganidan to o‘lgunigacha shou ko‘rsatib yashagan Maradona hayotdan ketib ham Argentinasi uchun mas’uliyat merosini tashlab ketyapti.

Hech narsa tugamaydi, balki keyingisi boshlanadi, deganlari shu bo‘lsa kerak...

 
Manba: Хайрулла Ҳамидов
Kiritildi: 00:19, 26.11.2020.
O'qildi: 8122 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.