Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Arsenal” uni sotadi

Londonning “Arsenal” jamoasi Pepeni transferga qo‘yadi.

“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, Mikel Arteta futbolchining xizmatlariga muhtoj emasligi haqida rahbariyatga ma’lum qildi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Lisd»ga qarshi bahsdan so‘ng murabbiy shunday qarorga kelgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Arsenal” Nikolani 50 million yevro evaziga sotib yubormoqchi, biroq hozircha hujumchi uchun birorta jamoa da’vogarlik qilgani yo‘q.

«Tottenhem» ishga kirishdi

«Mayns» jamoasi hujumchisi Jan-Filipp Mateta APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, «Tottenhem» hujumchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Mateta bu mavsumda Bundesliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol yozib qo‘ydi.

«Everton» kuzatmoqda

Angliyaning «Everton» jamoasi «Tottenhem» yarim himoyachisi Dele Alle bilan shartnoma imzolamoqchi.

“Football Insider” nashrining ma’lum qilishicha, «irislar» Joze Mourino jamoasida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Dele Alle, Xarri Uinkslar bilan shartnoma imzolamoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Everton» ushbu futbolchilar borasida qishda rasmiy taklif jo‘natadi.

«Chelsi» rozi

Londonning «Chelsi» jamoasi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi aniq bo‘lib ulgurdi.

“Caughoffcide” nashrning ma’lum qilishicha «Chelsi» futbolchining talabiga ko‘ra, uni qishda boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi hujumchi borasida rasmiy taklif kelib tushishi bilan uni qo‘yib yuboradi.

Saliba ketmoqchi

Londoning “Arsenal” klubi himoyachisi Villam Saliba faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni istamoqda.

“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketganidan norozi. Shu bois, klubda o‘zini qo‘yib yuborishlarini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aslida futbolchi o‘tgan mavsumni ham ijarada o‘tkazgan edi. Endi yana boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:16, 26.11.2020.
O'qildi: 4677 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.