Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Italiya kubogi. «Jenoa» derbida g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi

Italiya kubogi. «Jenoa» derbida g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Italiya kubogining 4-bosqichi doirasida "Jenoa" safarda "Sampdoriya" klubi mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limda maydon egalari Verrening goli evaziga hisobni ochishdi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘limda samarali harakatni amalga oshirdi. Bahsning 60-daqiqasida jamoadoshi tomonidan olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Eldor to‘p bilan oldinga intildi, raqib jarima maydoniga kirdi va qulay vaziyatda turgan Skamakkaga pas berdi. Janluka esa darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Ushbu gol Klaudio Ranyeri shogirdlarini shok holatga tushirdi shekilli, "Jenoa" keyin daqiqalarda raqib darvozasiga yana 2ta to‘p yo‘lladi. Skamakka bugungi bahsda "dubl"ga erishgan bo‘lsa, Lerager o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Shomurodov bahsning 85-daqiqasida o‘z o‘rnini Pyasaga bo‘shatib berdi.

Shu tariqa, "Jenoa" Italiya kubogining nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Italiya kubogi, 4-bosqich
«Sampdoriya» - «Jenoa» - 1:3 (1:0)
Gollar: Verre (18) — Skamakka (60, 62), Lerager (68)
Sampdoriya - Audero, Augello, Silva, Verre, Yankto, Torsbi, La Gumina, Toneli, Yoshida, Berejinski, Leris, Ranyeri
Jenoa – Marketti, Goldaniga, Sapata, Bani, Gilyone, Sturaro, Zays, Pellegrini, Shomurodov (Pyasa 85), Skamakka

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:59, 26.11.2020.
O'qildi: 4544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик