Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf»ni kumush medal bilan tabrikladi

Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf»ni kumush medal bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev «Nasaf» klubini O‘zbekiston chempionatining kumush medali bilan tabrikladi.

"Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi - "Nasaf" klubi "Andijon" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongani barcha muxlislarga ham ma’lum. Kechagidek eslayman: 0:1 xisobida borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishgandi.  

Ushbu o‘yinda o‘zim ham ishtirok etib, "Nasaf"ni mavsumda yuqori o‘rinlarni egallashini ko‘p sonli muxlislari bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo‘lib, sevimli jamoamiz o‘z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo‘la kiritdi.

O‘zbekiston vise chempioni - “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini, murabiiylarini, futbolchilarni va barcha men kabi ushbu jamoa muxlislarini 2020 yilgi O‘zbekiston milliy chempionatida 2-o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat: "Olg‘a Nasaf, olg‘a!", deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo‘llab-quvvatlovga va ko‘makka tayyorman.

Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin. Yutuq muborak bo‘lsin!"

Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:03, 29.11.2020.
O'qildi: 2928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик