Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Prevyu. "Paxtakor" - "Andijon"

Prevyu. "Paxtakor" - "Andijon"

Baho:
+ | -

Superligada mavsumni yakunlab beruvchi turda "Sherlar" Toshkentda "Andijon"ni mehmon qilishadi.

2020 yilgi mavsumni chempion sifatida yakunlayotgan "Paxtakor" chempionatdagi oxirgi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. Superligada qolish uchun kurash olib borayotgan "Andijon" keskin qarshilik ko‘rsatishga urinishi tabiiy. Shu sababli muxlislarni qiziqarli o‘tadigan bahs kutib turganiga shubha yo‘q. Qolaversa, ajoyib mavsum uchun jamoa va ishqibozlarning bir-biriga minnatdorchilik bildirishi uchun ham bu yaxshi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 49 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 37tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 bahsda durang natija qayd etilgan. Faqat 4 marta "Andijon" futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan. Raqib darvozasini 122 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 34 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tkazilgan 24 bahsning 21tasida jamoamiz zafar quchgan. 3 bahsda esa kuchlar teng kelgan. Oxirgi marta raqib Toshkentda 2010 yil ochkoga erishgan. Yuqori ligada "Andijon" ko‘p mavsum o‘ynagani sababli mazkur jamoalar to‘qnashuvi ham tarixiy uchrashuvlardan hisoblanadi. O‘tgan yili jamoamiz uyda 5:1 hisobida zafar quchgan.

O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija - 6:0 hisobi 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan. O‘shanda jamoamiz shunday yirik g‘alabaga erishgan. Jami g‘alabalarning 15tasi raqib ustidan yirik hisobdagi natijalar bilan qo‘lga kiritilgan.

"Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3 dekabr, payshanba kuni soat 14:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:21, 01.12.2020.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик