Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Yovan Jokich: «AGMK bilan tarix yarayotganimizdan xursandman»

Yovan Jokich: «AGMK bilan tarix yarayotganimizdan xursandman»

Baho:
+ | -

AGMK tarixidagi muvaffaqiyatli mavsumga aylanayotgan joriy yil yakunlanishiga oz fursat qoldi. Chempionat tugashiga bir tur qolganda jamoamiz Superliga bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan jamoamizning serbiyalik legioneri Yovan Jokichning joriy mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

«Ajoyib va murakkab mavsumni o‘tkazdik. AGMK bilan ikkinchi bor birgalikda tarix yaratayotganimdan xursandman. Bunga qadar jamoa bilan kubokda g‘olib chiqqandim, endilikda AGMK birinchi marotaba chempionat sovrindoriga aylandi. Bu yo‘lda jamoa uchun xizmat qilganimdan mamnunman.

Murabbiylar shtabi, futbolchi jamoadoshlarim, klubda xizmat qilayotgan barcha personal hamda rahbariyat va albatta muxlislarga tashakkur bildirmoqchiman. Oson bo‘lmagan mavsum va yil davomidagi fors-major holatlarida doimo bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik.

Aynan shunday hamjihatlik va bir ahil oilaga aylanganimiz muvaffaqiyat sari yetakladi. Mavsum davomida haqiqiy jamoaga aylana oldik. Bronza medalini oilamga bag‘ishlamoqchiman. O‘zbekistondagi faoliyatim omadli kechmoqda deb bemalol ayta olaman. Dastlabki yil O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdim, keyinchalik kumush medal va superkubokda g‘olib chiqdim. Bu yil esa bronza medaliga ega chiqyapman.

O‘ylaymanki, bu hali hammasi emas. Bizni yana kubok o‘yinlari kutmoqda va olmaliqlik muxlislarni hali yana xursand qilish niyatidamiz», — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi jamoa yetakchisi Yovan Jokich.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 12:25, 01.12.2020.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.