Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Neftchi»—«Turon» o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida 8 kishi ushlangan

«Neftchi»—«Turon» o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida 8 kishi ushlangan

Baho:
+ | -

Pro-Liga 20-turi doirasida kechgan «Neftchi»—«Turon» uchrashuvidan (0:1) keyin katta tartibsizlik yuzaga kelishi natijasida 8 kishi qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Tartibsizlik natijasida qo‘lga olingalar orasida «Neftchi»ning ikki futbolchisi ham bor. Ulardan biri jamoa posboni bo‘lsa, ikkinchisi hakamga zarba bergan futbolchi — Jamshid To‘raqulov.

«Daryo» muxbiri xabariga ko‘ra, ayni damda Farg‘ona viloyati ma’muriy sudida qo‘lga olinganlarning ishi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi»—«Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur bahsni PFL rahbariyati bilan bir qatorda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham stadiondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda kuzatib borgan.

Ushbu voqeliklardan so‘ng Professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev yuzaga kelgan holat O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan alohida o‘rganilishini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi esa o‘yindan so‘ng yuz bergan holatlar tashkilot tomonidan nazoratga olinganini bildirib, barcha huquqbuzarlar ushlanganini va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida bayonot berdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:25, 02.12.2020.
O'qildi: 6002 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик