Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sirojiddin Rahmatullayev: «Bangladesh chempionati haqida yomon fikr bildirolmayman»

Sirojiddin Rahmatullayev: «Bangladesh chempionati haqida yomon fikr bildirolmayman»

Baho:
+ | -

Oldin xabar berilganidek, «Mash’al» yarim himoyachisi Sirojiddin Rahmatullayev yaqinda Bangladesh chempionati ishtirokchisi «Saif Sporting» klubi safiga qo‘shildi. Muxbirimiz Sirojiddinning o‘zi bilan bog‘lanib, yangi jamoa safiga qanday o‘tgani, «Mash’al»­dagi holat xususidagi bir qator savollarga javob oldi.

- Sirojiddin, «Saif Sporting» varianti qanday yuzaga keldi? Ya’ni qachon va kimdan taklif oldingiz?

- Jamoa vakillari oktyabr oyi o‘rtalarida aloqaga chiqishdi. Keyin «Mash’al» direktori Ilhom Qurbonov bilan gaplashib, barchasini kelishib oldik. O‘z o‘rnida, klubga hammasi uchun rahmat. Bangladesh jamoasi safiga 10 oylik ijara kelishuvi asosida qo‘shildim. 7 noyabrdan «Saif Sporting» ixtiyoridaman.

- Xo‘sh, «Mash’al»ning sizni qo‘yib yuborishida muammo yuzaga kelmadimi?

- Yo‘q, aytganimdek, Ilhom aka meni to‘g‘ri tushundilar. Chunki shartnoma tuzayotganimda, agar chetdan taklif olsam, yo‘lim ochiq bo‘lishini aytgandi.

- «Mash’al»dagi ayni vaziyat xususida nima deya olasiz? Jamoaga oxirgi o‘yinlarda nima yetishmadi? Balki moliyaviy muammolar pand berayotgandir...

- Aslida «Mash’al» juda yaxshi shakllangan. Deylik, hech bir o‘yinda raqibdan yaqqol kuchsiz ko‘rinmadik. Biroq ayrim uchrashuvlarda omad ochiqchasiga yuz o‘girdi. To‘g‘ri, moliyaviy tomondan ba’zi qiyinchiliklar yuzaga kelgani ham rost.

- Jamoa mavsumni juda yaxshi boshladi, ammo ikkinchi davrada omadsizliklar girdobiga tushib qoldi. Aynan nima futbolchilarni qayta ruhlantirishi mumkin?

- Ha, ikkinchi davrada omad yuz o‘girdi. Ilhom aka va Dilyaver Vaniyev jamoani ruhlantirib, yigitlarga ishonishda davom etishdi. Fikrimcha, Dilyaver Vaniyev jamoani qiyin holatdan olib chiqib keta oladi. O‘zi ham vaqtida futbolchi bo‘lgan, jamoani qanday tayyorlash bo‘yicha tajribasi katta. Ochiq ko‘ngil inson. Albatta, unga murabbiylik faoliyatida omad tilayman.

- Yangi jamoangiz sizga qay darajada sharoit va qulayliklar yaratib berdi?

- Klub tomonidan uy ajratildi, sharoitlar yaxshi. Bu yerda a’lo darajada kutib olishdi. Jamoa bosh murabbiyi - belgiyalik Pol Pot. U turli terma jamoalarda faoliyat olib borgan, saviyasi baland mutaxassis ekan.

- Bangladesh futboli daraja va saviya jihatidan ancha pastda. Lekin aytishlaricha, mamlakat klublari moliyaviy tomondan barqaror va raqobat ham chakki emas...

- Bangladesh futboli va darajasi haqida salbiy fikr bildirolmayman. Bu yerda ham futbol rivojlanmoqda. Vaqtida Malayziya chempionati saviyasini nazarga ilishmasdi. Lekin o‘ylab ko‘ring, Malayziya chempionatida nega futbolchilarimiz kam, bu mamlakatda turli yurt vakillari to‘p surishmoqda.

- Qiziq, «Saif Sporting» sizni nimasi bilan o‘ziga jalb qildi va qaysi jihati katta qiziqish uyg‘otdi?

- Asosiysi, klub o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan - OFK kubogida o‘ynashni. Shuni inobatga olib, taklifni qabul qildim.

- Sir bo‘lmasa, yana qaysi chempionatlardan takliflar tushgandi?

- Tailand chempionatidan ham chorlov oldim. Biroq bu pallada hozirgi jamoa bilan kelishishga ulgurgandim.

Abdulaziz ISKANDAROV suhbatlashdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:23, 02.12.2020.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.