Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: «Balkim «Navbahor» bilan kubok finalida yana uchrasharmiz»

Baxtiyor Ashurmatov: «Balkim «Navbahor» bilan kubok finalida yana uchrasharmiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 26-tur doirasidagi  “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

-  Avvalambor, bu yilgi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular oxirigacha  shiddatli kurashlarda o‘zlarida kuch topa olishdi. Shogirdlarim og‘ir kelgan mavsumda barcha raqiblarni jamoamizni hurmat qilishga majbur etishdi. Buning uchun ular minnatdorchilik izhor etaman.

Bugungi bahs derbiga xos shiddatli va jangovar ruhda o‘tdi. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bugun ham shu maqsadda maydonga tushgandik.  Bugun muxlislar ikkita bir-biridan chiroyli gollarga guvoh bo‘lishdi. O‘ylaymanki o‘yin muxlislarga manzur bo‘ldi. Mavsum oxiriga kelib, tarkibimizda jiddiy yo‘qotishlarga duch keldik.  Bir qator futbolchilarimiz jarohat olishdi. Bugun bir nafar hujumchi bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik. Norbekovda jarohat bor edi, Rayevasga javob bergandik.  Yosh hujumchimiz  Hamidullo Abduhamidov ham jarohati bilan maydonga tushdi. Shunday bo‘lsa-da, mavsumni ko‘ngildagidek yakunlay  oldik.

"Turon" jamoasining septrligaga yo‘llanma olgani barchamizni xursand qildi. Qolaversa, hali "Neftchi" jamoasida ham imkoniyat bor.  Viloyatimizda Superliga jamoalarning ko‘p bo‘lishi barchamizga katta foyda beradi. Qolaversa viloyatimiz rahbarlari ham futbolni sevadigan insonlar.

Yetakchi futbolchilarimiz Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro‘ziyev, Aleksandr Merzlyakov, umuman barcha futbolchilarimiz bu yilgi mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Barcha futbolchilar bilan aka-ukadek bo‘lib ketdik. Qolaversa ular muxlislarning yoqimtoylariga aylanib ulgurishdi. Men bu  o‘yinchilarimiz yangi mavsumda ham jamoamiz safida qolishiga ishonamiz. Agar ularga xorijdan taklif bo‘lsa, ketishlari mumkin, xolos.

Bugungi o‘yinda hamda butun mavsum davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha  muxlislarimizga o‘zim nomimdan va jamoamiz nomidan cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Shunday muxlislarimiz borligi bilan faxrlansak arziydi.

Oldimizda O‘zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Kubok bahslarida ham munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. "Navbahor" jamoasiga ham bu yo‘lda omad tilayman.  Balkim nasib qilsa Namanganda yana "derbi" bo‘lar. Shunday yaxshi niyatda ishlashda davom etamiz.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:49, 03.12.2020.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик