Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ro‘ziqul Berdiyev: «Joriy mavsum jamoamiz uchun omadli keldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Joriy mavsum jamoamiz uchun omadli keldi»

Baho:
+ | -

Superliganing so‘ngi 26-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Lokomotiv»(0:0) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jamoamiz va qashqadaryoliklar, «Nasaf» muxlislari uchun bu yil omadli keldi. Kumush medalni qo‘lga kiritdik. Bu oson bo‘lgani yo‘q. ”Nasaf« uchun bu katta yutuq hisoblanadi. Bilasizlar jamoamiz yosh tarkibga ega. Mahoratli o‘yinchilarni ololganimiz yo‘q. Ammo shunday tarkib bilan vise chempion bo‘lish bu katta yutuq. Bugun ikki jamoa ham futbol o‘ynashga harakat qildi. Gol bo‘lmagan bo‘lsada muxlislar o‘yindan qoniqish hosil qildi deb o‘ylayman. Chunki ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. Bugun ba’zi bir o‘yinchilarga dam berishga qaror qildik. Chunki oldinda kubok bahslari bor. Yosh futbolchilarimizda hayajon bo‘ldi. O‘ylaymanki shunday o‘yinlar orqali ular tajriba to‘plab borishadi»,— deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

— Birinchi davrada markazlashgan holda o‘tgan chempionatda «Lokomotiv» yirik hisobda mag‘lub etilgandi...
— U payt «Lokomotiv»da vaziyat umuman boshqacha edi. O‘shanda bizdan oldin ular «Paxtakor»ga 0:7 hisobida, bizga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa ruhan va jismonan tayyor emasdi. Murabbiylar o‘zgarishi jamoa o‘yinini mazmunli ko‘rinish olishiga sabab bo‘ldi. Buni hisob va natijalardan ham bilish mumkin. Jamoa bizgacha o‘n ikkita o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan ikkitasidagina mag‘lubiyatga uchragan. Raqib tarkibida ham tajribali va yosh ijrochilar bor. Ikki jamoani ham bugungi natija qoniqtirdi.

— Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan futbolchilarni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirganingizda natija boshqacha bo‘lishi mumkinmidi?
— Aytganimdek kubok bahslarini o‘yladik. Shu bois dam olish imkonini berdik. Mavsum davomida deyarli bir xil tarkibda o‘ynaganimizni inobatga ham olish lozim. «Lokomotiv»ning himoyada zich o‘ynashini bilganimiz uchun ko‘proq uzun paslar bilan harakat qildik deya olaman. Qisqa paslar bilan markazdan yorib o‘tish qiyin bo‘lardi. Oxirgi pasni berishda futbolchilar shoshib qoldi.

— E’tibor qildik, jamoa bugun jamoa uzun uzatmalar orqali harakat qildi. Bu «Andijon» bilan o‘yinga tayyorgarlikmi?
— Bu «Lokomotiv» jamoasi zich o‘ynagani sababli o‘rtadan mayda uzatmalar orqali yorib kirish qiyin edi. Shu sababli uzoq uzatmalar orqali harakat qildik.

—  «Nasaf» asosiy tarkibida akademiyadan necha nafar yosh futbolchi debyut qildi?
— Buni sanash bilan shug‘ullanmayman. Lekin ko‘pchilik debyut qildi. Bugun darvozabon boshlang‘ich tarkibda ilk bor o‘ynadi. Harakatlari yomon bo‘lmadi. Menimcha 7-8 nafar futbolchi debyut qildi. Soniga emas, sifatiga qaraysiz. Husayn Norchayev haqida bir narsani aytish kerak, u bu yil uchta medalga ega chiqdi. U-18 jamoasi bilan oltin, U-21 bilan bronza va asosiy jamoa bilan kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Yosh futbolchi asosiy tarkibda 3ta gol urdi. Bundan ham yaxshiroq o‘ynashi kerak. Chunki u boshqa o‘yinchilarga qaraganda ko‘proq imkoniyat oldi.

— O‘zbekiston kubogida ham oliy maqsad qo‘yiladimi?
— Superligada barcha jamoalar bilan o‘ynab chiqdik. Imkoniyatimiz bor ekan nima uchun kurashmasligimiz kerak. Albatta har bir o‘yinda maksimal darajada harakat qilamiz. Shuni unutmasligimiz kerakki, kubok bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

— Faysal Traore mavsumni deyarli «Nasaf»siz o‘tkazdi. Uning kelajagi qanday? Jamoada qoladimi?
— Buni yig‘inlarda ko‘rib chiqamiz. Uni maydonga ko‘p tushirmaganimiz sababi — beli bilan bog‘liq jarohati. Davolash bilan ko‘p vaqtini o‘tkazdi. Uni yosh futbolchi bo‘lganligi uchun taklif qilganmiz. Jismoniy tayyorgarligi ham yaxshi. Agar jamoaga foyda beradigan darajaga chiqmasa, ijaraga berish haqida ham o‘ylab ko‘ramiz.

— Bu mavsumda jamoada qaysi chizig‘ida muammo ko‘ra oldingiz?
— Mavsum boshida yana bir qanot hujumchisiga ega chiqishni istagandik. Hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirganimizda yanada yaxshiroq bo‘lardi. Chunki mavsum davomida bitta hujumchi Bobir Abduxoliqov, qanotlarda Oybek va Islom o‘ynadi.

— «Nasaf» xalqaro maydonga chiqsa, legioner jalb qiladimi?
— Albatta. Xalqaro miqyosdagi turnirlarda o‘ynaganingizdan keyin tajribali futbolchi kerak bo‘ladi. Bizga bunday imkoniyat berilsa, legioner hisobiga kuchaytirishni o‘ylab ko‘ramiz. Bu tarkib bilan xalqaro maydonda biroz qiynalamiz.

— Jamoa yangi mavsumdan nima kutmoqda? Seleksiya borasida rejalar ishlab chiqildimi?
— Hozircha rejamiz imkon qadar jamoamiz o‘zagini saqlab qolish. Hali mavsum tugamadi. Kubok bahslari bor. Pandemiya holati bo‘lib tursa beshta o‘zgarishni amalga oshirish saqlanib qolingani ma’qul.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:18, 03.12.2020.
O'qildi: 2094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.