Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Qo‘qon-1912” jamoasi tarixiy natijani takrorladi

“Qo‘qon-1912” jamoasi tarixiy natijani takrorladi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z muxlislarini chiroyli o‘yinlari, ajoyib g‘alabalari hamda turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashda munosib ishtirok etganligi bilan xursand qila oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu yil “Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi o‘zlarining eng yaxshi natijalarini takrorlashga erishdilar. Juda qiyin pandemiya sharoitida bo‘lib o‘tgan superliga o‘yinlarida Qo‘qonliklar mavsumni 5-o‘rin bilan yakunlay olishdi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng , 1992 yildan boshlab oliy liga bahslari o‘tkazila boshlandi. Qo‘qonliklar oliy liga hamda O‘zbekiston kubogi bahslarida “Temiryo‘lchi” nomi bilan ishtirok etishni boshladilar. Dastlabki mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan “Temiryo‘lchi” , o‘sha yili chempionatda 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kubok bahslarida finalga qadar yetib borishgan. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogining final o‘yinida Namanganning “Navbahor” jamoasiga yutqazib qo‘yadi. O‘sha yillarda Qo‘qondagi har bir o‘yin muxlislar bilan to‘lib-toshgan stadionda bo‘lib o‘tar edi.

1993-yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chempionatda ham Qo‘qon jamoasi turnir jadvalida 6-o‘rinni qo‘lga kiritadi.

1994-yilgi mavsumda esa jamoamiz O‘zbekiston chempionatidagi  o‘zining eng yuqori natijasi, 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Gennadiy Alekseevich Motlax bosh murabbiy bo‘lgan o‘sha mavsumda 30 ta o‘yin o‘tkazgan “Temiryo‘lchi” 16 ta g‘alaba, 4 durang va 10 ta o‘yinda mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati esa 50-42 bo‘lgan edi. 1994-yilgi mavsmda jamoaning gollariga mualliflik qilgan futbolchilarni ham eslatib o‘tmoqchimiz. Gollar mualliflari: Muxtor Qurbonov – 15ta, Muhiddin Abduvaliyev – 8ta, Oydinbek Aliyev – 5ta, Shuhrat Rahmonqulov – 5ta, Azamat Ashurmatov – 4ta, Erik Yermakov – 3ta,  Elviddin Eyupov – 3ta, Zohid Nurmatov – 3ta, Jamoliddin Tojiboyev – 3ta,  Xaitboy Irisbekov – 1ta.

1994-yilda jamoa boshqaruvida Rahmatjon Erkaboyev , jamoa boshlig‘i Tohir Kapadze, yordamchi murabbiy Yuriy Velikanovlar faoliyat olib borishgan edilar.



Ma’lum muddat Qo‘qon shahrida futbol to‘xtab qoldi. Respublika chempionatlarida Qo‘qondan hech qanday jamoa ishtirok etmadi. 2012-yil o‘zbek futbolining 100 yilligi arafasida Qo‘qon shahriga yana katta futbol qaytib keldi. O‘sha vaqtlardagi Farg‘ona viloyati xokimi Shuhrat G‘aniyev, Qo‘qon shahar xokimi Akramjon Abdullayev, “Qo‘qon spirt” AJ rahbari Xabibullo Abdullayev, O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti, marhum Mirabror Usmonov hamda Qo‘qonlik futbol fidoiysi bo‘lgan Baxtiyor aka Tolipovlarning tashabbuslari bilan “Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston chempionatining 1-ligasida o‘z ishtirokini qayta tikladi. 2014-yilgi mavsumda Rustam Abdullayev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi 1-liga g‘olibligi hamda oliy ligaga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.



1994-yilgi mavsumdan 26 yil o‘tib Qo‘qon jamoasi o‘zining O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu natijada klubimiz prezidenti Baxtiyor aka Tolipov, jamoa boshlig‘i Shuhratjon Mo‘minov, vise-prezident Vitaliy Ni hamda “Qo‘qon spirt”AJ rahbari Ikromjon Abdullayev  kabi insonlarning xizmatlarini alohida ta’kidlagan bo‘lar edik.

Tarixiy natijani Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida murabbiylar shtabi, Zohid Nurmatov, Davron Fayziyev, Muhiddin Abduvaliyev, Andrey Baklanovlarning nomlari bilan bog‘laydigan bo‘ldik. Mavsum boshida jamoani qabul qilib olgan Baxtiyor Ashurmatov o‘zining qanday salohiyatga ega murabbiy ekanligini isbotlay oldi. Ashurmatov “Qo‘qon-1912” jamoasining barcha a’zolarini bir oila kabi birlashtira oldi. Qo‘qonlik futbol muxlislari endi Baxtiyor Ashurmatovdan yanada yangi marralarni kutishmoqdalar va bunga ishonmoqdalar. Ha Ashurmatov Qo‘qonlik futbol muxlislarining ishonchini qozona oldi.

Joriy mavsum “Qo‘qon-1912” jamoasining barcha futbolchilari katta matonat ko‘rsatishdi. Barchangizga ma’lumki 2020-yil pandemiya tufayli butun dunyodagi insonlarni ,shu jumladan futbol jamoalarini ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Mana shunday sharoitda “Qo‘qon-1912” futbolchilari mavsumning so‘nggiga qadar barcha o‘yinlarda chiroyli va muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatish uchun o‘zlarida kuch topa oldilar. Jamoa yetakchilari Murod Xolmuhammedov, Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev kabi futbolchilar bu borada barchaga namuna bo‘lishdi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumda 13 ta o‘yinda g‘alaba, 3 ta o‘yinda durang va 10 ta uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etishdi. To‘plar nisbati 35-28 . Jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritib mavsum to‘purariga aylandi. Qolgan gollarga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi. Filip Rayevas-3ta, Bobir Akbarov, Shohnazar Norbekov, Quvondiq Ro‘ziyev, Aleksandr Merzlyakov, Sardor Azimov va Muhammadanas Xasanovlar 2 tadan, Suhrob Berdiyev, Xamidillo Abduxamidov, Yakuba Bamba, Ivan Yosovich, Sobit Sindarov, Otabek Haydarov hamda Iqboljon Malikjonovlar bittadan golga mualliflik qilishdi. Jamoamizning bitta goliga o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Oleg Tolmasov muallif bo‘ldi.

Jamoaning yutuqlarida murabbiylar va futbolchilar bilan yelkama-elka xizmat qilgan jamoa shifokorlar guruhi Boburxo‘ja Abdazov, Xalilbek Abdurahmonov, Ulug‘bek Hamdamov, jamoa ma’muri Ma’murjon Mansurov, operator Marufjon Mo‘minov, “Markaziy” stadion xodimlari hamda klub tizimidagi barcha insonlarning xizmatlari katta bo‘ldi.

Jamoamiz futbolchilari bunday yuqori saviyadagi futbol ko‘rsatishlarida albatta Qo‘qonlik futbol muxlsilarining ham juda katta hissalari bor. Shu o‘rinda har qanday sharoitda ham biz bilan birga bo‘lgan, futbolchilarimizni qo‘llab turgan aziz muxlislarimizga o‘zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni izhor etib o‘tamiz.

Oldinda “Qo‘qon-1912” jamoasini O‘zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Jamoa o‘z tarixida kubok bahslarining finaliga qadar yetib borishni uddalagan. Biz Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi futbolchilar kubok o‘yinlaridagi tarixiy natijani ham takrorlay olishlariga ishonamiz va bu yo‘lda ularga kuch-quvvat hamda omad tilaymiz !

Akramjon Mamadaliyev. “Qo‘qon-1912” jamoasi matbuot xizmati rahbari.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 18:17, 04.12.2020.
O'qildi: 3137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.