Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

2020 yilgi futbol mavsumida «Nasaf»dan o‘zgacha xet-trik natija

2020 yilgi futbol mavsumida «Nasaf»dan o‘zgacha xet-trik natija

Baho:
+ | -

O‘zingizga ma’lum, garchi oldinda bizni O‘zbekiston kubogi musobaqasi kutib turgan bo‘lsada 2020 yilgi futbol mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi va bu mavsum "Nasaf" tarixidagi eng sermahsul yil bo‘ldi deb bemalol aytish mumkin.

Bosh jamoa o‘z tarixida uchinchi marotaba Superligada kumush medallarini (2011, 2017, 2020), yoshlar U-21 birinchiligida bronza medallarini, U-18 jamoasi esa ketma-ket uchinchi marotaba O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi (2018, 2019, 2020).

Darhaqiqat bu o‘rinlar "Nasaf" jamoalari uchun begona emas. Chunki bosh jamoamiz kumush medallarini ilk marotaba 2011 yilda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yoshlarimiz esa o‘z birinchiligida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Ammo shuni unutmaslik kerakki 2011 yildagi va jamoamizning hozirgi tarkibi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. «G‘oliblar muhokama qilinmaydi» biz yuqoridagi fikrimiz bilan jamoamiz tarixini ikkiga bo‘lishdan yiroqmiz, shunchaki o‘sha paytda yo‘lga qo‘yilgan tizim bugun o‘z natijasini ko‘rsatayotganligini keltirib o‘tmoqchimiz xolos. «Nasaf» ikki yillik tanaffusdan so‘ng bugungi natijaga asosan o‘z tarbiyalanuvchilari bilan erishdi. Bu klubimiz, futbol maktabimiz uchun katta yutuq ekanligini qayd etib o‘tishimiz joiz. Bu ham «Nasaf» futbol maktabiga OFK tomonida ikki yulduzli maqomi bejizga berilmaganining yaqqol isbotidir.

Yana bir qiziq jihat: Umidjon Ergashev, Umarbek Eshmurodov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Dilshod Rahmatullayev, Bobir Abdixoliqov "Nasaf" bilan ikkinchi marotaba kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Husayn Norchayev mavsum davomida bosh jamoa, U-21 hamda U-18 jamoalari tarkibida harakat qilib O‘zbekiston chempioni, Superliga kumush medallarini va U-21 birinchiligida bronza medallarini qo‘lga kiritgan ilk futbolchi bo‘ldi.



Joriy mavsumda «Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan to‘rt nafari bosh jamoa safida debyut qilgan. Bular Husayn Norchayev, Shohmalik Komilov, Murodbek Xo‘jamberdiyev va Abubakrrizo Turdialiyevlar bo‘lishdi. Bundan tashqari oxirgi yillarda U-21 tarkibida harakat qilgan Muhriddin Zoirov ham bosh jamoa tarkibida debyut qildi. Husayn Norchayev raqiblar darvozasini uch bora aniq nishonga olgan bo‘lsa, Shohmalik Komilov bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Abubakrrizo Turdialiyev ikki marotaba golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Jamoamiz Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostida oltinchi marotaba sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi:



2017, 2020 yilgi mavsumda chempionatning kumush medallari sohibi;
2013, 2014, 2015, 2016 yillarda chempionatning bronza medallari sohibi;
2015 yilda O‘zbekiston kubogi;
2016 yilda O‘zbekiston Superkubogi.
2020 yilda «Nasaf» futbol klubi natijalari:



Bosh jamoa. Kumush medallari sohibi



U-21. Bronza medallari sohibi



U-18. O‘zbekiston Chempioni

2020 yildagi mavsumda jamoamiz to‘purarlari:

1. Bobir Abdixoliqov — 17 gol
2. Marko Stanoyevich — 6 gol
3. Islom Kenjaboyev — 5 gol
4. Oybek Bozorov — 5 gol
5. Sharof Muhitdinov — 5 gol
6. Husayn Norchayev — 3 gol
7. Akmal Mozgovoy — 2 gol
8. Shohmalik Komilov — 1 gol
9. Dilshod Rahmatullayev — 1 gol
10. Dilshod Saitov — 1 gol

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:55, 04.12.2020.
O'qildi: 2436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик