Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

AGMK: Tarixiy va rekordlarga boy o‘tgan ajoyib mavsum

AGMK: Tarixiy va rekordlarga boy o‘tgan ajoyib mavsum

Baho:
+ | -

AGMK joriy yilgi chempionatni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Jamoa Olmaliq tarixini yozdi. 2008 yildan buyon oliy tabaqada ishtirok etayotgan AGMK 13-mavsumiga kelib tarixida ilk bor chempionat sovrindoriga aylanib, klub muzeyini bronza medallari bilan boyitdi.

Bunga qadar jamoa turli xil natijalar qayd etgan, lekin biror marta sovrindor bo‘lmagandi: 2008 yil (10-o‘rin), 2009 yil (4-o‘rin), 2010 yil (11-o‘rin), 2011 yil (10-o‘rin), 2012 yil (8-o‘rin), 2013 yil (5-o‘rin), 2014 yil (6-o‘rin), 2015 yil (6-o‘rin), 2016 yil (13-o‘rin), 2017 yil (7-o‘rin), 2018 yil (10-o‘rin), 2019 yil (8-o‘rin).

2020 yilgi futbol mavsumi jahonda ruy bergan va davom etayotgan pandemik sharoit tufayli turli qiyinchilik va muammolarga duch keldi. Shunga qaramasdan chempionat davomida qator to‘xtalish va kasalliklarni boshidan kechirgan AGMK ahil oilasi Superligani muvaffaqiyatli tugatishni uddaladi.

Bunday tarixiy va muvaffaqiyatli mavsum zamirida mehnat, ishonch va sabr yotibdi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga klub rahbariyati tomonidan yuqori ishonch va berilgan imkoniyat AGMK tarixida yangi sahifa ochilishida katta omillardan biriga aylandi. Yuksak ishonch va imkoniyat natijasida Olmaliqda tarix yaratayotgan yangi qiyofadagi AGMK ahil jamoasi shakllanmoqda.

Rahbariyat tomonidan berilgan vaqt va bildirilgan ishonch Mirjalol Qosimovga xotirjam ishlash va o‘z falsafasi hamda g‘oliblik ruhini jamoa mentalitetiga singdirishiga katta ko‘mak bo‘lmoqda. O‘sish va ko‘tarilish yildan-yilga yaxshilanib borayotgani ham bejiz emas.

Bu esa shubhasiz Olmaliq ahli va jamoamizning suyukli muxlislarini quvontirmoqda. AGMK qadam va qadam yangi pog‘onalar sari, yangi daraja va ulkan vazifalarni bajarishga bel bog‘lagan jamoa sifatida odimlamoqda. Ahil oila kabi bir maromda barqarorlikni saqlab turgan AGMKning muvaffaqiyat siri - ahil kollektiv hamda ishga bo‘lgan to‘g‘ri va professional yondashuv.

AGMK ahil jamoasi yuksak e’tibor va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun Olmaliq kon metallurgiya kombinati rahbariyatiga, xususan Xursanov Abdulla Xolmuradovich, Muhamedov Ulug‘bek Yarkinovich, Matiyev Sherzod Raimovich, Fayazov Ulug‘bek Nabijonovich va klub uchun qayg‘urgan boshqalarga alohida minnatdorchilik bildiradi.

AGMK tarixidagi eng muvaffaqiyatli mavsum sababchilari bosh murabbiy Mirjalol Qosimov, yordamchi murabbiy Aleksandr Volkov, Hikmat Ergashev, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul Xayrulla Karimov, Marat Axmerov, darvozabonlarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassis Pavel Bugalo, tahlilchi Vitaliy Lushachev, seleksioner Igor Shkvirin, futbolchilarni doimiy tibbiy nazoratda ushlab turgan Islom Abayev va Elyor Kamolov, o‘yindan oldin va uchrashuvdan keyin futbolchilarni mushaklarini tiklash vazifasini a’lo darajada uddalab kelayotgan Abdulla Rizboyev va Nurbek Jo‘rayev, tashkiliy masalalarni maromiga yetkazadigan Ruslan Shaymardonov, tinim bilmaydigan va doim barcha jarayonni nazoratda ushlab turadigan ajoyib ma’mur Sherzod Yunusov, ishining ustasi Sherzod Boyirov kabi xodimlarning xizmati ham mavsum davomida AGMK jamoasiga as qotdi.

AGMK nafaqat tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etdi, balki mavsum davomida qator yoqimli seriya va rekordlar o‘rnatdi.

Rekord va yoqimli seriyalar haqida:

Klub tarixidagi eng yaxshi natija - 3 o‘rin

AGMK tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi - 13 o‘yin

Eng muvaffaqiyatli start - 13 mag‘lubiyatsiz o‘yin

AGMK birinchi davrani ilk bor mag‘lubiyatsiz yakunladi

AGMK joriy mavsum Superliganing birinchi davrasidagi barcha o‘yinda gol urgan yagona jamoa bo‘ldi

AGMK o‘z tarixida eng uzun davom etgan golli seriyani taqdim etdi - 19 o‘yin

Superligadagi jamoamiz kiritgan 39ta golni 15 nafar futbolchimiz o‘z hisobiga yozib qo‘ydi

AGMK tarixda ilk bor O‘zbekiston chempionatida kam gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi (-28)

AGMK joriy mavsum chempionatda o‘z tarixidagi eng ko‘p ochkoni jamg‘ardi - 49

Garchi chempionat tugagan bo‘lsada, AGMK uchun mavsum hali yakunlangani yo‘q. Jamoa buyog‘iga O‘zbekiston kubogida o‘z ishtirokini boshlaydi va bu yo‘lda 20 dekabr kuni Namanganda o‘tadigan final chiptasi uchun jiddiy kurashishni ko‘zlagan.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 07:36, 05.12.2020.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.