Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Yuqori moliyaviy talablar, katta o‘yinlarda «yo‘qolib» qolish va voz kechilgan oltin medal. Jasur Yaxshiboyevning Belarusdagi sarguzashtlari

Yuqori moliyaviy talablar, katta o‘yinlarda «yo‘qolib» qolish va voz kechilgan oltin medal. Jasur Yaxshiboyevning Belarusdagi sarguzashtlari

Baho:
+1 | -

Shota Arveladze boshchiligidagi «Paxtakor»ning asosiy tarkibiga kira olmagan Jasurbek Yaxshiboyev dastlab, Belarusning «Energetik-BGU» klubiga ijaraga berildi. «Energetik» safida bir qator yorqin o‘yinlar o‘tkazganidan keyin esa uni Soligorskning «Shaxtyor»i ijaraga oldi, mavsum yakunida klub mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganiga qaramay tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa (hozircha) Jasurning Belarusga bo‘lgan safari poyoniga yetdi. Hozirda u o‘ziga yangi klub izlash bilan ovora. «By.tribuna.com» kolumnisti Vladislav Tatur esa o‘zbek hujumchisining Belarusdagi g‘ayrioddiy sarguzashtlari haqida fikr yuritdi. «Daryo» quyida o‘quvchilarga ushbu materialni o‘zbek tilida taqdim etadi.

Jasurbek Yaxshiboyev chempionatning birinchi turida BATEga qarshi kechgan o‘yinda dubl qayd etib, futbolimizga yarq etib kirib keldi. Borisov klubi «Energetik»ning keskin va tezkor hujumlariga dosh berolmadi, o‘zbekistonlik esa yakkama-yakka o‘yinda «sariq-ko‘klar»ning ikkala markaziy himoyachisi bilan xohlagan ishini qildi. Ushbu o‘yinning federasiya rasmiy YouTube kanaliga joylangan videosharhini 110 ming odam tomosha qildi. Noma’lum futbolchining kutilmagan harakatlari esa barcha uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi.

Yaxshiboyev uchun «Energetik»ning o‘yin uslubi juda mos tushgandi: 3-5-2, yonida yaxshi xislatlarga ega bo‘lgan sof hujumchining bo‘lishi, qarshi hujumlar, ko‘proq kenglik va eng yaxshi fazilatlari – tezlik va driblingni namoyish yetarlicha imkoniyat. «Talabalar» safida 14 uchrashuv o‘tkazgan Jasurbek 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yana 4 ta gol penaltidan urildi, shundan 2 tasini legionerning o‘zi ishlagandi.

BATE Yaxshiboyevni ko‘lga kiritishni xohlagandi, biroq klubni qo‘yilgan moliyaviy shartlar cho‘chitib yubordi

Buni BATEning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Kirill Alshevskiy xohlagandi. Mutaxassis o‘yinchining nafaqat qarshi hujum modelida, balki ko‘p vaqtni to‘pga sarflaydigan va pozision hujumlar uyushtiradigan jamoada ham o‘ynab keta olishiga ishongandi.

Yaxshiboyevning Skavish, Nexaychik va Stasevich (BATEning hujumkor o‘yinchilari – «Daryo») bo‘lgan tarkibda qaysi pozisiyada o‘ynagan bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Ehtimol, Jasurbekka rotasiya va asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat sharoitida markaziy hujumchi va vinger rolida maydonga tushish imkoniyati berilardi.

Menga ma’lum bo‘lishicha, BATE futbolchining o‘yinida o‘sish kuzatilganda summani oshirish shartlari bilan shartnoma taklif etadi. Biroq futbolchining agentlari birdaniga barcha jihatlar bo‘yicha taklif qilinganidan ikki baravar ko‘proq pul olishni xohlaydi. Keyinchalik xuddi o‘sha yuqori moliyaviy talablar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan Kiyevning «Dinamo»sini ham cho‘qitib yuboradi.

Shuningdek, ushbu bitim tuzilmasida o‘ziga yarasha chalkashliklar ham mavjud edi: Yaxshiboyev transfer huquqining bir qismi «Paxtakor»ga, boshqa qismi esa uchinchi shaxslarga (agentlar nazarda tutilmoqda – «Daryo») tegishli bo‘lgan. Futbolchining vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunda hech qanday naf bermaydi. Shu tariqa Jasurbek Soligorskka jo‘nab ketadi. «Shaxtyor» aftidan barcha shartlarni bajarishga rozi bo‘lib, o‘yinchini sotib olish varianti bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

«Shaxtyor»ning moliyaviy imkoniyatlari Borisov klubinikidan yuqori ekanligi hech kimga sir emas. U oldin BATE ligadagi istalgan futbolchini ko‘lga kiritishda ustunlikka ega edi. Hozir va yaqin kelajakda esa bunday emas.

Jasurbek Vitaliy Lisakovichning o‘rnini egallashi kerak edi, ammo katta o‘yinlarda «yo‘qolib» qoldi

O‘zbek «Shaxtyor»dan ketgan Lisakovichning o‘rnini egallashi lozim edi. Umuman olganda esa ular boshqa-boshqa uslubdagi o‘yinchilardir. Ehtimol, taqqoslash mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lar, chunki birinchi davrada ular turli xil uslublarda to‘p tepgan. Vitaliy harakati va pozisiyani to‘g‘ri tanlay olishi evaziga xavfli zonalarda to‘pni yaxshi qabul qilardi. Lisakovichga ikkinchi hujumchi roli umuman to‘g‘ri kelmaydi – u imkon qadar darvozaga yaqinroq bo‘lsam deydi.

Yaxshiboyev esa asosan qanotlardan «reyd» uyushtirishga moslashgan. Mutaxassislar uning sof hujumchilik imkoniyatlariga yaxshi baho bergan bo‘lsa-da, Jasurbek pozision hujumlarda yaxshi ochilmaydi, qisqa masofalarda esa yanada yomonroq harakat qiladi.

«Shaxtyor» safidagi «Gorodeya»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinida o‘zbekistonlik gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u «Vitebsk» darvozasini ham ishg‘ol etdi. Bundan tashqari, Jasurbek quyi ligaga ravona bo‘lgan «Belshina» va «Smolevichi»ga qarshi bahslarda het-trik va dubl muallifiga aylandi.

Katta o‘yinlarda esa Yaxshiboyev samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. «Brest», «Isloch», «Dinamo Minsk», BATE va «Minsk»ka qarshi o‘yinlar shular jumlasidandir.

Yaxshiboyevning birinchi davradagi «Energetik» va ikkinchisidagi «Shaxtyor»dagi statistikalari solishtirilsa, uning soligorskliklar safida jamoaviy o‘yinlarda faolroq ishtirok etgani, ko‘proq assistlar amalga oshirgani ayon bo‘ladi. Shu bilan birga aldab o‘tishlar soni sezilarli darajada kamaygan. Jasurbek jarima maydonchasida kamroq to‘p qabul qila boshladi, shunga yarasha unda xavfli vaziyatlar soni ham ozaydi.

Jamoaga moslashib keta olmadi

«Shaxtyor»da o‘tgan besh oylik vaqt Yaxshiboyevga moslashish uchun yetarli bo‘lmadi. Aytishlaricha, u jamoada deyarli hech kim bilan muloqot qilmagan, mashg‘ulotlarda esa astoydil mehnat qilmagan. Shuningdek, uning «Rux»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa yetakchilaridan biri bilan ziddiyatga borgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

So‘nggi turga tayyorgarlik ko‘rish haftasida o‘zbekistonlik futbolchi noma’lum sabablarga ko‘ra, bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, ammo baribir asosiy tarkibda o‘yinga chiqqan, o‘yindan keyin esa hech kim uning yuzida na xursandchilik va na mamnunlikni ko‘rgan (jamoa o‘sha o‘yindan keyin chempionlikni qo‘lga kiritgandi).

Foto: «Shaxtyor»

Stadiondan futbolchilar va murabbiylar bayramni davom ettirish uchun bazaga yo‘l oladi, ammo Jasurbek ular bilan birga emasdi. Futbolchi hatto o‘sha zahoti jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi guruhini ham tark etgan va Minskka yo‘l olgan. Ertasiga kuniga tashkil etilgan taqdirlash marosimida ham uni hech kim ko‘rmagan. Ehtimol, oltin medal egasiga yetib ham bormagan bo‘lsa kerak.

Nima uchun bunday bo‘lganini aytish mushkul. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Energetik»da Artem Radkov Yaxshiboyevga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. «Shaxtyor» esa futbolchilarning injiqliklari bilan o‘ralashib yurmaydigan top-klub.

Yaxshiboyevning yozda Soligorskka o‘tish ajoyib yurish va «Shaxtyor»ning jiddiy bayonotidek tuyulgandi. Jasurbekning, albatta, jamoaga yordami tegdi, biroq kutilganicha emas. Nima bo‘lganda ham biz 2020 yilgi mavsumni Yaxshiboyevning yorqin o‘yinlari bilan ham eslaymiz.

Jasur Belarusda o‘z nomini juda tez tanitdi va xuddi shu tezlikda u yerni tark etdi, hatto chempion bo‘lgan klubida hech kim bilan xayrlashmadi ham.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:36, 05.12.2020.
O'qildi: 7309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.