Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Neftchi» bayonoti: Bosh murabbiy Abdusamad Do‘rmonov vazifasidan ozod etildi

«Neftchi» bayonoti: Bosh murabbiy Abdusamad Do‘rmonov vazifasidan ozod etildi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi"-"Turon" uchrashuvidagi tartibsizliklar kelib chiqqan holat yuzasidan bugun "Neftchi" FK qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Farg‘ona viloyati hokimi H.H.Bozorov raislik qildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, viloyat hokimining sport va turizm ishlari bo‘yicha maslahatchisi H.Ahmedov, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari F.Abdillazov, Farg‘ona NQIZ direktori o‘rinbosari B.Mo‘minov,"Neftchi" FK bosh direktori Z.G‘ofurov hamda Farg‘ona viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti N.Otaqo‘ziyev qatnashdilar.

Viloyat hokimi H.Bozorov yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’kidlandiki, 2020 yil 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi"-"Turon" bellashuvida "Neftchi" jamoasi futbolchilarining o‘yinni boshqargan hakamlarga nisbatan qilgan qo‘polliklari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida futbolga xos bo‘lmagan holat bo‘lganligi, "Neftchi" jamoasi mas’ul xodimlari klub futbolchilarini o‘yinga yetarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, tartibsizlik keltirib chiqargan futbolchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilganligi haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, kelgusida "Andijon" FK bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rish hamda ijobiy natija ko‘rsatish bo‘yicha "Neftchi" futbol klubi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. "Neftchi" FK mas’ul xodimlari futbolchilarini o‘yinga yetarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh murabbiy A.Durmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 22:00, 05.12.2020.
O'qildi: 6655 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик