Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Eng xunuk logotipga ega turnir qaysi?

Eng xunuk logotipga ega turnir qaysi?

Baho:
+2 | -

Taniqli Soccer.ru nashri xalqaro futbol musobaqalarining belgisi sanalgan logotiplarning dizayni borasida maqola e’lon qildi. Unda, nashr xodimlari sayyoramizdagi eng xunuk logotipga ega musobaqani aniqlamoqchi bo‘lishdi. Unga ko‘ra, «g‘oliblar» quyidagi tartibda joylashtirildi.

7-o‘rin. OFC Chempionlar Ligasi

Okeaniya mintaqasidagi klublar o‘rtasida o‘tkaziluvchi musobaqaga 33 yil avval start berilgan edi. Keyin, biroz tanaffus yuzaga keldi. 1999 yildan boshlab esa, musobaqalar yana davomiy tarzda o‘tkazilishi boshladi. Avvalari, Avstraliya klublari asosiy da’vogar edi, endi esa, turnirda g‘olib nomini aniqlashning imkoni ancha kamaygan. Shunday bo‘lsada, negadir musobaqa tashkilotchilari juda xunuk logotipdan voz kechishmayapti. Vaholanki, aynan shunday logoga ega Avstraliyada juda katta ko‘katlar bilan savdo qiluvchi kompaniya mavjud. Ularning logosi deyarli bir xil. Kulgili va achinarli o‘xshashlik.

4-6-o‘rinlar. Afrika chempionlar ligasi, Konfederasiya kubogi, Afrika super kubogi

Afrikada ham musobaqa logolari bilan muammolar yetarlicha topiladi. E’tiborlisi shundaki, ushbu mintaqadagi barcha katta musobaqalar deyarli bir xil ko‘rinishdagi belgilarga ega. Ularning logolari o‘rtalaridan farq katta emas. Boz ustiga, muxlislar adashib ketmasligi uchun ingliz tilida bu logo qaysi musobaqaga tegishli ekanligi haqida ham ma’lumot logo ichiga joylashtirilgani kulgili. Boz ustiga, ushbu mintaqa futbol rahbarlari homiylarning e’tiborini qozonish uchun istalgan dizaynerning g‘oyalarini rad etishga qodir. Misol uchun, musobaqa xomiylarining nomi aynan logo ichida mujassam. Logotip ichida yana bir logotipning bo‘lishi esa, Yevropa standartlari bo‘yicha hech qanday mezonga to‘g‘ri kelmaydi.

3-o‘rin. Yevropa Ligasi

Aslida, Yevropa Ligasi musobaqasi tashkil etilgach, uning logotipi borasida UYEFAda juda katta bahslar ketgan. Ko‘plab tanlovlar orasida negadir UYEFA kutilmagan qarorga keldi va o‘ylab topilgan sovrin aks etgan logotipga murojaat etdi. Oddiy kompyuterlar orqali ham chizish mumkin bo‘lgan sodda emblema dizayn olamida yangilik bo‘lishi taxmin qilingan edi, biroq amalda unday bo‘lib chiqmadi. Boz ustiga, logo uchun tanlangan rang ham muxlislarga unchalik manzil kelmadi. Boz ustiga, musobaqada ishtirok etuvchi klublarning ko‘pligi, uning reytingi keskin tushib ketishiga sabab bo‘lgandir balki.

2-o‘rin. AFK kubogi

Bu musobaqa Yevropa Ligasining Osiyo qit’asida analogi sanaladi. Bu musobaqada bir paytlar O‘zbekistonning «Nasaf» jamoasi ukrainalik mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqaruvi ostida g‘alaba qozongan edi. E’tiborlisi shundaki, ushbu logo bir necha yillardan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. Ayni damda, Osiyoda futboli u qadar rivojlanmagan jamoalar ishtirok etuvchi turnirning logosi haqida turli hazillar mavjud. Darhaqiqat, badavlat shayxlardan birining 10 yoshli o‘g‘liga chizgan logotipga e’tibor bering. Biroz qiyshiq va tartibsiz joylashtirilgan ranglar. Boz ustiga, bu ranglar hech narsani anglatmaydi. Turnirning nomi esa, juda xunuk shriftda yozilgan. Umuman olganda, u yaqin-yaqingacha eng xunuk logoga ega turnir bo‘lib turgan edi, biroq yaqinda uni «ortda» qoldirishga qodir musobaqa paydo bo‘ldi.

1-o‘rin. Konferensiya kubogi

E’tibor bering! Bu qanday turnir o‘zi degan hayo kelishi mumkin. UYEFA ko‘plab klublar saralash bosqichidan o‘ta olmagani uchun darajasi 3-o‘rinda ko‘riluvchi Konferensiya kubogini ishga tushirishga qaror qildi. Ochig‘i, musobaqaning yuz sanalgan emblema juda didsiz chiqqan. Tanlangan ranglarda uyg‘unlik yo‘q. Boz ustiga, Yevropa Ligasi musobaqasining logotipiga biroz o‘xshashib ketishi esa, dizaynerda yangi g‘oyaning yo‘qligiga ishora.

Aslida, musobaqaning nomi ham ko‘pchilikni hayron qoldirmadi. «Majlislar kubogi». Agar 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida maktablar aro musobaqa o‘tkazilsa, o‘quvchilar tomonidan chizilgan logo ham bundan o‘zgacharoq bo‘lishi mumkin edi. Dizaynerlar «Yuventus»ning yangi dizayni singari barcha e’tiborni oddiylikka qaratgan edi. Biroz oshirib yuborishgan shekilli, natija ham juda oddiy ko‘rinish oldi. Boz ustiga, turnirning 3-darajada ekanligi, bu logotipning qadrini yanada tushirib yuborishi mumkin.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 18:00, 06.12.2020.
O'qildi: 6341 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.