Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Diyor Imomxo‘jayev "Vodiy derbisi" hamda O‘zPFL rejasi haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev "Vodiy derbisi" hamda O‘zPFL rejasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Farg‘onadagi hal qiluvchi o‘yinga O‘zPFLning bir qator xodimlari tashrif buyurdi. Birinchidan, uchrashuv ahamiyati yuqori edi. Biz bunday o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga odatlanmaganmiz. Ikkinchidan, Neftchi hamda Turon klublarining rejalari masalasida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov bilan fikr almashishimiz kerak edi.

O‘zPFL ishchi guruhi 30 noyabr kuni tunda Farg‘onaga yetib bordi. Birinchi bo‘lib, Samo sport majmuasida bo‘ldik. Viloyatda shunday chiroyli ob’ekt qurib bitkazilganidan quvondik. Agar zal to‘shamasini zamonaviy ko‘rinishga keltirsa, bu yerda bemalol xalqaro musobaqalar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Sport vazirligiga qarashli bu arenada futzal bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ularni jonli efirga olib chiqish va bu orqali Farg‘onada futzalni jonlantirishga erishish mumkin. Biz esa hozircha Toshkent, Olmaliq va Jizzax bilangina cheklanyapmiz. 2021 yildan boshlab bu ro‘yxatga Farg‘ona, Samarqand hamda Xorazmni qo‘shish rejamizda bor.

Shu kunning o‘zida Istiqlol stadioniga keldik hamda yoritgichlarni o‘lchadik. Istiqlol stadionida yoritish tizimi o‘rtacha 1000 lyuksni tashkil qilyapti. Biroq Neftchi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ysa, OFK kubogi uchun 1400, OCHL uchun 1800, milliy terma jamoa tasnifi uchun 2000 lyuks talab etiladi.

1 dekabr kuni tushgacha viloyat hokimi Xayrulla Bozorov qabulida bo‘ldik. Bunda quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashdik:

▪️Neftchi FK uchun akademiya shakllantirish;
▪️Istiqlol stadioni projektorlarini yanada yaxshilash;
▪️Istiqlol stadioni gazonini kamida Navbahorniki kabi ko‘rinishga keltirish;
▪️YAypanda Turon FK uchun baza qurish masalasi;
▪️YAypanda Turon FK uchun akademiya qurish masalasi;
▪️Samo majmuasi zal qoplamasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish masalasi.

Xayrulla Bozorov futbolni yaxshi ko‘radigan inson. Nasib bo‘lsa, yuqoridagi masalalar bosqichma-bosqich hal etiladi.

Uchrashuvdan keyin viloyat hokimi Istiqlol stadioniga kelib, uchrashuvni boshidan to oxiriga qadar tomosha qildi. Hakamlar qarorlarini Futbol-TV kanalidagi takroriy lavhalar orqali birga muhokama qildik. Taqdirlash marosimida birga ishtirok etdik. Hokim avval Neftchi futbolchilari bilan uchrashdi, keyin hakamlar xonasiga kirib, ularga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdi hamda aybdorlar albatta o‘z jazosini olishiga va’da berdi. Viloyat rahbarlarining o‘zi stadionida bo‘lgani uchun ham tartibsizlik 5 daqiqaga qolmay bartaraf etildi, biz buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik.

Mana endi Farg‘onaga nima uchun 8 kishi borgani sizga ma’lum. Bunda kimdir futzalga, kimdir projektorga, kimdir futbol akademiyasiga, kimdir stadion gazoniga javob berishi ko‘zda tutilgandi. Shuningdek, O‘zPFL hakamlar uchun javobgar shaxsni O‘FAdan so‘rab olgani ham to‘g‘ri qaror bo‘ldiki, zero u tibbiy yordam masalasida ham, so‘roq vaqtida ham ular bilan birga bo‘ldi. 2 dekabr kuni barchamiz Toshkentga qaytdik.

Biz hozirdanoq 2022 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Vaqti kelib buning samarasini albatta ko‘ramiz.

Kiritildi: 12:42, 07.12.2020.
O'qildi: 3336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.