Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Barselona» tarixidagi eng sermahsul hujumchi kim? U Messi emas!

«Barselona» tarixidagi eng sermahsul hujumchi kim? U Messi emas!

Baho:
+1 | -

Stadion.uz Kataloniya jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan iborat kuchli beshlikni e’tiboringizga havola etadi. Klub safida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar ro‘yxatini internetdan ortiqcha muammosiz topishingiz mumkin. Shu bois, biz g‘olibni aniqlashning biroz o‘zgacharoq uslubini tanladik. Unga ko‘ra, klub safida 25 tadan kam o‘yin o‘tkazmagan futbolchilarning o‘rtacha bir o‘yinda nechta gol kiritgani asosiy mezon sifatida tanlab olinadi. Shu tariqa, qaysi futbolchi jamoa uchun eng foydali bo‘lganini aniqlashga urinib ko‘ramiz. 

7-o‘rin. Maradona

Kiritgan gollari soni: 30

O‘tkazgan o‘yinlari soni: 43

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0,70

Diyego Armando Maradona 1982-84 yillar oralig‘ida Kataloniya super klubi sharafini himoya qilganidan xabaringiz bor. E’tiborlisi shundaki, uning «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi o‘sha paytdagi eng katta summadagi transferga aylangan edi. Qahramonimiz qisqa muddat to‘p surganiga qaramay, muxlislar hurmatini qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Qisqa muddat to‘p surganiga qaramay, Diyego ushbu klub tarixida o‘zidan ajoyib iz qoldirgan.

6-o‘rin. Evaristo De Maseda

Kiritgan gollari soni:58

O‘tkazilgan o‘yinlari soni:81

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol:0,72

Braziliyalik futbolchini bugungi avlod muxlislari yaxshi tanimasligi aniq. Sababi, u o‘tgan asrning o‘rtalarida (1957-62) «Barselona» sharafini himoya qilgan va hujumda benazir futbolchi bo‘lgan. E’tiborlisi shundaki, ushbu yillar oralig‘ida qahramonimiz bir nechta sovrinlarni ham o‘ziniki qilishga ulgurgan.

5-o‘rin. Xans Krankl

Kiritgan gollari soni:44

O‘tkazilgan o‘yinlari soni:59

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol:0,74

Endi yaqin o‘tmishga qaytamiz. Avstriyalik markaziy hujumchi Xans Krankl kuchli beshlikni ochib beradi. Atigi 3 yil (1978-81)klub safida to‘p surgan bo‘lsada, qahramonimiz 44 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, 1979 yilda u «oltin butsa» sovriniga ega chiqadi. Uning gollari «Barselona»ga UYEFA kubogi va Ispaniya Kubogida zafar quchishga qo‘l kelgan.

4-o‘rin. Ladislav Kubala

Kiritgan gollari soni:97

O‘tkazilgan o‘yinlari soni:119

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol:0,82

Vengriya va Chexoslakiyalik futbolchini klub muxlislari yaxshi taniydi. U ushbu jamoa safida to‘p surgan eng kuchli 10 ta hujumchidan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. 1951-61 yillar oralig‘ida klubda faoliyat olib borgan bo‘lsada, qahramonimiz atigi 119 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Shunday bo‘lsada, bu unga 97 ta gol kiritishga to‘sqinlik qilmagan. 1999 yilda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, klub muxlislari uni jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb e’tirof etishgan.

3-o‘rin. Leonel Messi

Kiritgan gollari soni:641

O‘tkazilgan o‘yinlari soni:743

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol:0,86

Leoning o‘zining gollari va assistlari bilan klub tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylanib bo‘ldi, ammo u bizning kriteriyalar bo‘yicha uchinchi o‘rinda. U ushbu ro‘yxatdagi boshqa futbolchilardan farqli o‘laroq o‘z natijasini yanada yaxshilab olishi mumkin. Agar yozda boshqa jamoaga o‘tib ketmasa...

2-o‘rin. Mariano Martin

Kiritilgan gollar soni:71

O‘tkazilgan gollar soni:81

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0,88

Kataloniya klubi safida birinchi jahon urushi yillari to‘p surgan qahramonimiz hisobida 81 ta gol mavjud. 1940 yildan 1948 yilga faoliyat olib borgan futbolchi 2 bor musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. U Jamoa safida ikki bor mamlakat chempioni va bir bor Qirol kubogi egasiga aylangan.

1-o‘rin. Ronaldo

Kiritilgan gollar soni:47

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:49

Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0,96

Butun jahon futboli afsonasi, barcha zamonlardagi eng yaxshi markaziy hujumchi va Jahon chempioni Ronaldo ro‘yxatimizda birinchi pog‘onani egallamoqda. Atigi bir mavsum (1996/97) Kataloniyada faoliyat olib borganiga qaramay, qahramonimiz o‘zidan shonli tarix qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning gollari klubga Kubok egalari kubogida zafar quchish imkoniyatini taqdim etibgina qolmay, Ispaniya kubogida zafar quchishda ham qo‘l kelgan. U shu qadar «Barselona» safida yaxshi to‘p surganki, hatto «Real Madrid»ga o‘tganini eshitgan muxlislar xafa ham bo‘lishmagan. Bu futbolda juda noyob hodisa.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:13, 07.12.2020.
O'qildi: 7227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.