Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Yevropada JCH-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

Yevropada JCH-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

Baho:
+ | -

Bugun Shveysariyada Yevropa terma jamoalari uchun JCH-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Terma jamoalar 10ta guruhga bo‘linishdi. Beshta guruhdan 5tadan terma jamoasi, yana beshta guruhda esa 6tadan jamoalar o‘rin olishdi.

Guruh g‘oliblari avtomatik tarzda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar esa pley-off bosqichi orqali Mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan 10ta terma jamoa safiga UYEFA millatlar ligasi yaxshi natijaga ega bo‘lgan 2ta jamoa qo‘shiladi. Ikki bosqichli pley-off orqali JCHga chiqqan 3ta terma jamoa nomi aniq bo‘ladi. Yevropadan jami 13ta jamoa Qatar-2022ga yo‘l oladi.

«A» guruhi: Portugaliya, Serbiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Ozarboyjon

«B» guruhi: Ispaniya, Shvesiya, Gresiya, Gruziya, Kosovo

«C» guruhi: Italiya, Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Bolgariya, Litva

«D» guruhi: Fransiya, Ukraina, Finlyandiya, Bosniya va Gersegovina, Qozog‘iston

«E» guruhi: Belgiya, Uels, Chexiya, Belarus, Estoniya

«F» guruhi: Daniya, Avstriya, Shotlandiya, Isroil, Farer orollari

«G» guruhi: Niderlandiya, Turkiya, Norvegiya, Chernogoriya, Latviya

«H» guruhi: Xorvatiya, Slovakiya, Rossiya, Sloveniya, Kipr

«I» guruhi: Angliya, Polsha, Vengriya, Albaniya, Andorra

«J» guruhi: Germaniya, Ruminiya, Islandiya, Shimoliy Makedoniya, Armaniston

Guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi:

1-tur: 2021 yil 24-25 mart
2-tur: 2021 yil 27-28 mart
3-tur: 2021 yil 30-31 mart
4-tur: 2021 yil 1-2 sentyabr
5-tur: 2021 yil 4-5 sentyabr
6-tur: 2021 yil 7-8 sentyabr
7-tur: 2021 yil 8-9 oktyabr
8-tur: 2021 yil 11-12 oktyabr
9-tur: 2021 yil 11-13 noyabr
10-tur: 2021 yil 14-16 noyabr

Pley-off bosqichi o‘yinlari

Yarim finallar: 2022 yil 24-25 mart
Final: 2022 yil 28-29 mart

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:51, 07.12.2020.
O'qildi: 8697 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.