Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

35 yoshdan oshgan futbolchilarda orasida kimlarning transfer narxlari oshdi? (Top 7)

35 yoshdan oshgan futbolchilarda orasida kimlarning transfer narxlari oshdi? (Top 7)

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfermarket portalini hayron qoldirgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi. 

Paulo Vinisius - «CHFR Kluj» (+100 ming evo)

36 yoshli himoyachi 23 yoshida Portugaliyaning 3-ligasidagi klub safiga kelib qo‘shilgan edi. Qahramonimiz 10 yil davomida turli jamoalarda to‘p surdi va 30 yoshdan o‘tgandagina «Braga» bilan shartnoma imzoladi. Klub bilan mamlakat kubogida zafar quchgach, 33 yoshida Kiprning "Apalon« klubi bilan shartnoma imzoladi. Ko‘pchilik uning karyerasi yakunlandi deb o‘ylagan edi, ammo kutilmaganda qahramonimiz Kipr kubogida zafar quchdi. Ikki yildan so‘ng, »CHFR Kluj" bilan shartnoma imzoladi. Aynan shu shartnoma uni eng sovrindor futbolchilardan biriga aylantirdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ortda qolgan 3 yil davomida u 3 bor chempionlikni nishoblabgina qolmay, 3 bor musobaqaning ramziy jamoasidan o‘rin egalladi. Ayni damda u 37 yoshga yaqinlashib qoldi. Faoliyatini esa, yakunlamoqchi emas. Uning o‘tgan mavsumdagi transfer qiymati 550 ming yevro edi. Omadli mavsum sababli uning summasiga yana 100 ming yevro qo‘shib qo‘yildi.

Xuan Karlos Arke - «Bolivar» (+150 ming yevro)

Arke Boliviyadagi eng mashhur futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. U so‘nggi 6 ta mavsumda «Bolivar» tarkibida chempionlikni nishonlab keldi. U 2010 yilda o‘z omadini sinab ko‘rish maqsadida «Terek» bilan shartnoma imzolagan edi. Afsuski, 20 ta o‘yinda hech narsa namoyish eta olmadi va yana ortga qaytdi. Ayni damda u 35 yoshda va klubidagi eng muhim figuralardan biri sanaladi.

Qahramonimiz Koreya, Braziliya va Qatar klublarida to‘p surgan bo‘lsada, unga omad «Bolivar»da keldi. O‘tgan mavsumda transfermarket nashri uni 400 ming yevroga baholagan edi, endi esa bu summa 600 mingga yaqinlashib qoldi.

Juan Lui Leka - «Lans» (+300 ming yevro)

Darvozabonlar uchun 30 yosh qo‘rqinchli emas. Buni Leka isbotlab kelmoqda. Qahramonimiz o‘zining 35 yoshida ham transfermarket portali e’tiboriga tushdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

U butun faoliyati davomida Fransiyada to‘p surdi. So‘nggi 3 ta mavsumni esa, «Lans» libosida o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda u jamoasini elitaga qaytishini to‘liq ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi. Aynan Lekaning ishonchli o‘yinlari sababli «Lans» musobaqa jadvalning yuqori o‘rinlarida bormoqda. Uning transfer summasi ham bugungi kunda 1,3 million yevroni tashkil etadi.

Diyego Souza - «Gremio» (+500 ming yevro)

Diyegoni klub tanlashda chinakam omadsiz desak, adashmagan bo‘lamiz. U avvaliga «Benfika» keyin «Metalist» safida faoliyatini olib bormoqchi bo‘ldi. Afsuski, o‘xshamadi. Keyin, bor e’tiborini Braziliya klublariga qaratdi. «San Pauolo»dan tortib pastgi liga klublarida ham faoliyat olib bordi.

34 yoshida esa, hujumchi kutilmaganda «Gremio» safida ko‘rinish berdi. Ushbu tanlov yakunda o‘zini to‘liq oqladi. Souza deyarli har bir o‘yinda gol yoki assistni amalga oshirishni boshladi. Uning transfer summasi ham yil yakunida 2 million yevroga ko‘tarildi. 35 yoshli hujumchi uchun bu chinakam natija!

Xose Koka( yoki Sosa) - «Fenerbahche» (+500 ming yevro)

2000 yillar boshida argentinalik futbolchi «Bavariya» bilan shartnoma imzoladi va Germaniyaga ko‘chib keldi. Afsuski, Yevropani uni tezda qabul qilgani yo‘q. «Milan» va "Atletiko" singari jamoalarda ham futbolchi o‘z o‘rnini egallay olmadi. Hatto, Ukrainada ham!

Yoshi 30 dan o‘tgach, uning Turkiya super ligasidagi faoliyati boshlandi. E’tiborlisi shundaki, u deyarli barcha mavsumda 40 tadan o‘yinda ishtirok etmoqda. Turkiyaning barcha grandlari sharafini himoya qilgan qahramonimiz chempionat va ichki kubokda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda, 35 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishni istagan jamoa 2,5 million yevro saflashiga to‘g‘ri keladi.

Antonio Mirante - «Roma» (+700 ming yevro)

Mirante Italiyaning autsayder jamoalarida asosiy darvozabon edi. «Roma» uni ikkinchi yoki uchinchi kipper sifatida klubga taklif qilgan edi. Mirante esa, qisqa muddatda yosh va iqtidorli ispaniyali Pau Lopesni surib tashladi va asosiy tarkib futbolchiga aylandi.

Ayni damda, u ortda qolgan chempionat o‘yinlarining 10 tasidan 9 tasini asosiy tarkibda boshlagan. Undagi bu o‘sish transfermarket portali tomonidan bee’tibor qoldirilmadi. U o‘tgan mavsumda 800 ming yevroga baholangan bo‘lsa, endi bu summa 1,5 million yevroni tashkil etmoqda.

Aren Robben - «Groningen» (+1 million yevro)

Robben bir yillik tanaffusdan so‘ng, yana futbolga qaytishga qaror qildi. Hozircha, u deyarli asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Mavsum boshida olgan jarohati sababli safdan chiqqan edi, endi o‘sha jarohatdan so‘ng sport formasini tiklash bilan ovora.

Joriy mavsumda vinger atigi 44 daqiqa maydonda harakat qildi, biroq uning transfer summasi 1 million yevroga ko‘tarildi. 36 yoshli futbolchi uchun shunchaki ajoyib ko‘rsatgich.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:35, 08.12.2020.
O'qildi: 8604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.