Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Timur Kapadze "Lokomotiv"dan ketdi

Timur Kapadze "Lokomotiv"dan ketdi

Baho:
+ | -

Kecha bo‘lib o‘tgan AGMKga qarshi Kubok o‘yinidan so‘ng "Lokomotiv" uchun navbatdagi futbol mavsumi o‘z yakuniga yetdi.

Bugun klub qarorgohida "Lokomotiv" PFK rahbariyati jamoamiz a’zolari bilan uchrashib, yakuniga yetgan mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirdi va keyingi rejalar borasida kichik yig‘ilish tashkil etildi.

Bu mavsum "temiryo‘lchilar" uchun oson o‘tmadi. O‘ziga xos sinovli yil bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Jamoamiz ayniqsa birinchi davradan keyin murakkab holatga tushib qolgandi. Shu bois vaziyatni o‘nglash hamda jamoani yuqori o‘rinlarga ko‘tarish maqsadida ikkinchi davra oldidan murabbiylar shtabiga Timur Kapadze taklif etildi.

Ikkinchi davrani Andrey Miklyayev - Timur Kapadze juftligi qo‘l ostida o‘tkazgan "Lokomotiv" ijobiy natijalar qayd etdi. Bunda albatta Timur Tohirovichning mehnati katta ekanini aytmasak bo‘lmaydi. Shu bois bugungi yig‘ilishda Timur Kapadzega klubimiz rahbariyati tomonidan ehtirom ko‘rsatildi.

Yosh murabbiy uchun kechagi bahs "Lokomotiv" murabbiyi sifatida oxirgi o‘yin bo‘ldi. Endilikda Timur Tohirovich bor e’tiborini O‘zbekiston YU-19 terma jamoasiga qaratadi. Xabaringiz bor, kelasi yil mart oyida YU-19 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi va yoshlar terma jamoamizni mazkur musobaqaga Timur Kapadze tayyorlaydi.

"Lokomotiv" PFK Timur Tohirovichga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda kelgusi ishlariga omad tilaydi. O‘ylaymizki, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ushbu mutaxassis qo‘l ostida o‘z maqsadiga erishib, U-20 jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 14:09, 09.12.2020.
O'qildi: 2992 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик