Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Lempard o‘z shogirdlarini ehtiyotkorlikka chorladi

Lempard o‘z shogirdlarini ehtiyotkorlikka chorladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoasini kutayotgan tig‘iz taqvimdan xavotirda. U o‘z futbolchilarning salomatligi uchun qayg‘urmoqda.

«Hozir mamlakatda qat’iy cheklov choralari amalda bo‘lib turibdi. Men barcha o‘zgarishlardan xabardorman. Lekin oldimizda Rojdestvo bayrami yaqin va barchamiz maksimal darajada ehtiyotkorlikni oshirishimiz kerak.

Albatta, yaqin orada futbolchilarim juda ko‘p tadbirlarda ishtirok etishadi. Buni cheklab ham qo‘ya olmayman. Tabiiyki, shunga yarasha virus yuqtirib olish xavfi ham oshib ketadi. Jamoada yangi futbolchilar ko‘p va ular hali mamlakat tartib-qoidalarini yaxshi bilishmaydi. O‘zim ularning izolyasiya jarayonlarini nazorat qilaman», - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «aristokratlar»ni shu oy 16 kun ichida 5 ta o‘yin kutib turibdi va klub ayni paytda APL turnir jadvalida peshqadam jamoalardan 2 ochko ortda bormoqda.

Kiritildi: 08:37, 11.12.2020.
O'qildi: 2834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.