Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Tottenxem" futbolchisi "PSJ"ga o‘tmoqda

"Tottenxem" futbolchisi "PSJ"ga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyaning "PSJ" klubi yanvarda "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Allini ijaraga olmoqchi.

Alli "Tottenxem" safida birinchi marta Premer-liganing 1-turda "Everton"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgandi va o‘sha o‘yindan zahiraga olinganidan keyin norozilik bildirgandi.

O‘shandan beri Alli APLda atigi 21 daqiqa o‘ynadi - oktyabrda "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda Mourinyo unga 21 daqiqa o‘ynash imkoniyatini bergandi.

Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra, Alli o‘zining jamoa tutayotgan o‘rinidan norozi va u doimiy ravishda maydonga tushadigan klubga ketishga tayyor. Chunki, Alli Angliya terma jamoasi bilan Yevropa Chempionatida qatnashmoqchi.

"PSJ" Alli atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, u o‘tgan yozda Delega qiziqish bildirgan edi, ammo keyinchalik "Tottenxem" parijliklarning futbolchini ijaraga olishga bo‘lgan barcha urinishlariga to‘sqinlik qilgandi.

"PSJ" bu safar "shporlar" Allining qo‘yib yuborilishiga rozi bo‘lishlarini his qilishmoqda. 24 yoshli inglizni ijaraga berish taklifi yaqin haftalarda kelishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:18, 11.12.2020.
O'qildi: 4480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик