Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Coca Cola O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.   

Mazkur klublarning O‘zbekiston kubogidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 yili final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda “Paxtakor”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“Nasaf” esa 1 marta – 2015 yili O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan hamda ushbu musobaqaning 5 karra (2003, 2011, 2012, 2013, 2016) finalchisi hisoblanadi.

E’tiborlisi, qarshiliklar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida ikki marta “Paxtakor” (2003, 2011 yillar), ikki marta “Bunyodkor” (2012-2013 yillar) va bir marta “Lokomotiv” (2016 yil)dan mag‘lubiyatga uchrashgan.

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari O‘zbekiston kubogi bahslarida o‘zaro 6 marta uchrashishgan. Afsuski, mazkur o‘yinlarning barchasida qarshiliklar zafar quchishgan.

Jumladan, O‘zbekiston kubogining 2000/2001 yillar mavsumi 1/8 finalida “Nasaf” yirik – 3:0 hisobida, 2002/2003 yillar mavsumining yarim final bahslarida “ajdarlar” – 2:1 hamda 3:1, 2014 yilgi mavsumning chorak final o‘yinlarida esa qarshiliklar 1:0 va 3:1 hisoblarida g‘alaba qozonishgan.

2019 yilgi yilgi mavsumning chorak final bahsida ham “Nasaf” Namangandan 1:0 hisobida g‘alaba bilan qaytgandi.        

Umid qilamizki, bo‘lajak o‘yinda jamoamiz zafar quchib,  kubok bahslaridagi noxush an’anaga chek qo‘yadi hamda bu boradagi tarixni yangilaydi.     

“Navbahor” – “Nasaf” klublari o‘rtasidagi bahslar doimo murosasiz va  keskin kurashlar ostida kechgan hamda bu safargi o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” bahsi ertaga Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 16:00 da start oladi.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:34, 12.12.2020.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик