Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yigitlarning maydonda oxirigacha harakat qilishi g‘alabaning bosh omili bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yigitlarning maydonda oxirigacha harakat qilishi g‘alabaning bosh omili bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/4 final «Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va bugungi bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ta’kidlab o‘tish kerakki, bunaqa ajoyib muhitda futbol o‘ynamaganimizga ancha bo‘lgandi. Raqibimiz ham keyingi bosqichga chiqish uchun kurashdi. Bugungi o‘yinda biz ko‘proq himoyalandik, ya’ni ikkinchi raqam ostida harakat qildik. Chunki «Navbahor» jamoasi o‘z uyida hujumkor o‘ynaydi. Biz o‘z omadimizni qarshi hujumlarda sinab ko‘rishimiz kerak edi. Birinchi va ikkinchi golimizni ham aynan qarshi hujumlarda raqib xatosidan foydalanib kiritdik. Mezbonlar ko‘plab pozision hujumlar tashkil qilgan bo‘lsa-da, ularda golga tortadigan vaziyatlar kam bo‘ldi. Ammo standart vaziyatdan hisobni tenglashtirgan raqib futbolchisining goliga qoyil qolmasdan iloji yo‘q. Umumiy olib qarasak, bellashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Bugungi g‘alabamizga maydonda oxirigacha kurashgan yigitlarning mehnati sabab bo‘ldi.

— «Nasaf» Superligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va kubokda ha o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Eshitishimizga qaraganda jamoa OCHLga chiqish uchun qattiq harakat qilayotgan ekan. Lisenziya bo‘yicha muammo hal qilinmoqdami? Ikkinchi savolim, agar «Nasaf» O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa qanday sovrin va’da qilingan? “Malibu”lar haqida tarqalgan xabarlar qanchalik rost?

— Birinchi savolingizga javob beradigan bo‘lsam, lisenziya haqida savollarga har matbuot anjumanida javob berishimga to‘g‘ri kelmoqda. Klub kerakli hujjatlarni topshirishga qaytadan harakat qilmoqda.

Ikkinchi savolingizga keladigan bo‘lsak, kecha internet nashrlarida ko‘p narsalar haqida yozishdi. Shundan so‘ng ba’zi bir internet nashrlariga ishonmay qo‘ydim. Bunga sabab yaqinda Marko Stanoyevichning shartnomasi haqida asossiz xabar chiqqandi. Bu xabardan keyin Markoning o‘zi yonimga kelib bu haqida mendan so‘ragandi va hali yangi mavsum va shartnoma haqida hech kim bilan gaplashmaganini aytib o‘tdi. Markoning fikrlari ham keyin chiqqandi. “Malibu”lar haqida ham bizga rahbariyat hech narsa demagan va biz bu haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. Hozircha bizga kubok uchun hech narsa va’da qilingani yo‘q.

— Hisob tenglashgandan so‘ng siz uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida aniqlanishiga tayyor edingizmi?
— Biz bunga ham tayyor edik. Shuning uchun biz maydonda jarima zarbalarini amalga oshiradigan futbolchilarni olib qolishga harakat qildik, garchi ularda charchoq alomatlari sezilgan bo‘lsa-da. Bizda kimlar o‘n bir metrlik jarima zarbasini amalga oshirishi aniq edi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:00, 12.12.2020.
O'qildi: 3385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.